قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلْغَيْبَ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Osmonlaru yerda Allohdan boshqa hech kim g`aybni bilmas», deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar.Сен: «Осмонлару ерда Аллоҳдан бошқа ҳеч ким ғайбни билмас», деб айт. Улар қачон қайта тирилтирилишларини ҳам сезмаслар.Alauddin Mansour: Ayting: «Osmonlar va Yerdagi biron kimsa gʻaybni bilmas, magar Allohgina (bilur)». Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.Айтинг: «Осмонлар ва Ердаги бирон кимса ғайбни билмас, магар Аллоҳгина (билур)». Улар қачон қайта тирилишларини ҳам сеза олмаслар.
Faybni bilish faqat Alloh taoloning Oʻziga xosdir. Allohdan boshqa hech kim–na inson, na farishtalar, na jinlar gʻaybni bilmaydi. Bu esa, Alloh taoloning mutlaq ilm egasi ekanini anglatish bilan birga, maxluqotlar uchun u buyuk Zotning lutfi hamdir. Oʻylab koʻraylik, inson oʻz taqdirini, bir kun, bir hafta, bir oy, bir yildan keyin yoki umrining oxirigacha nimalar boʻlishini aniq bilsa, uning uchun oʻsha kun, hafta, oy, yil va umrning qizigʻi qoladimi? Albatta, yoʻq. Bu mulohaza faqat birgina gʻayb haqida. Yana qanchadan-qancha gʻayb ishlari bor, ularni ham mulohaza qilsak, shunga oʻxshash hikmatlar kelib chiqaveradi.
«Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar.»
Insonning qachon qayta tirilishi ham gʻayb ilmidir. Uni ham osmonlaru yerda Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi. Insonlarning oʻzlari qachon qayta tirilishlarini hatto sezmaydilar. Bu masala ham mayli, undan kattarogʻini ham sezmaydilar. Yoki bilarmikinlar?