QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят67

وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًا وَءَابَآؤُنَآ أَئِنَّا لَمُخْرَجُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq bo`lganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!Куфр келтирганлар: «Биз ва ота-боболаримиз тупроқ бўлганимиздан кейин, яна чиқариламизми?!Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar dedilar: «Oʻzimiz ham ota-bobolarimiz ham tuproqqa aylanib ketgan vaqtimizda (qayta tirilib, qabrlarimizdan) chiqarilguvchidirmizmi?!Кофир бўлган кимсалар дедилар: «Ўзимиз ҳам ота-боболаримиз ҳам тупроққа айланиб кетган вақтимизда (қайта тирилиб, қабрларимиздан) чиқарилгувчидирмизми?!

383-sahifa · 20-juz · 39-hizb383-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиكَفَرُوٓا۟kufr keltirganкуфр келтирганأَءِذَاqachonkiқачонкиكُنَّاbiz boʻlganimizdanбиз бўлганимизданتُرَٰبًۭاtuproqтупроқوَءَابَآؤُنَآva ota-bobolarimizва ота-боболаримизأَئِنَّاalbatta, bizmiалбатта, бизмиلَمُخْرَجُونَchiqarilamizчиқариламиз
TafsirТафсир

Kofirlarda Allohga va Uning barkamol sifatlariga ishonmaslik oqibatida oʻrnashib qolgan notoʻgʻri xayollardan biri qayta tirilish masalasida koʻrinadi. Ular, oʻlganimizdan keyin koʻmilib, etu ustixonimiz chirib, tuproqqa qoʻshilib ketganidan keyin, qanday qilib yana qaytadan tirilishimiz mumkin? Bizdan oldin oʻlib, chirib, umuman asari qolmagan ota-bobolarimiz qanday qilib yana qaytadan chiqarilishlari mumkin, deb hayratlanadilar. Lekin, dunyoga kelmasimdan oldin mendan asar ham yoʻq edi, ota-bobolarimning ham dunyoga kelmaslaridan oldin hech qanday asari boʻlmagan, ammo shunday boʻlsa-da, men ham, ota-bobolarim ham dunyoga keldik, yashab oʻtdik. Meni va ota-bobolarimni yoʻq joydan bor qilgan ana oʻsha Zot bor tuproqqa aralashib ketganimizdan keyin qayta chiqarib olishga albatta qodirdir, deb oʻylamaydi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Qurʼoni Karim ularga, bir kun kelib qayta tirilajaksizlar, desalar:

«Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq boʻlganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!» deb soʻrayveradilar.

Ularning bu savoli haqiqatni anglash uchun berilgan emas. Ularning bu savoli haqiqatni inkor etish uchun berilgan savoldir. Ular oʻzlarining bu savollari bilan nafaqat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning, balki hamma Paygʻambarlarning qayta tirilish haqidagi xabarlarini inkor qiladilar.

Kofirlar gapining davomiga eʼtibor beraylik:

«Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarimizga-da oldin ham vaʼda qilingan edi».

Yaʼni, oʻlgandan keyin qayta tirilish bizga ham, ota-bobolarimizga ham Muhammaddan oldin ham vaʼda qilingan edi. Undan bosh- qa oʻzini Paygʻambar deb ataganlar ham bu gapni aytgan.

«Bu, avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.»

Oʻlgandan keyin qayta tirilib chiqish haqidagi Muhammadning gaplari avval oʻtganlarning afsonasidan boshqa narsa emas, deydilar. Ular bu bilan qiyomatga oid aqiydani eʼtibordan chetda qoldirishga harakat qiladilar. Ularning bu ishlari katta jinoyatdir.

Ularning bu ulkan jinoyatlariga qarshi Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga quyidagi gapni aytishni amr qildi: