QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят68

لَقَدْ وُعِدْنَا هَـٰذَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّآ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarimizga-da oldin ham va'da qilingan edi. Bu, avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.Батаҳқиқ, бу бизга-да, ота-боболаримизга-да олдин ҳам ваъда қилинган эди. Бу, аввалгиларнинг афсонасидан бошқа ҳеч нарса эмас», дедилар.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, bizlarning oʻzimizga ham, ilgari ota-bobolarimizga ham mana shu vaʼda qilingandir. Bu faqat oʻtganlarning afsonalaridir».Дарҳақиқат, бизларнинг ўзимизга ҳам, илгари ота-боболаримизга ҳам мана шу ваъда қилингандир. Бу фақат ўтганларнинг афсоналаридир».

383-sahifa · 20-juz · 39-hizb383-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدْbatahqiqбатаҳқиқوُعِدْنَاbizga vaʼda qilingan ediбизга ваъда қилинган эдиهَـٰذَاbuбуنَحْنُbizgaбизгаوَءَابَآؤُنَاva ota-bobolarimizgaва ота-боболаримизгаمِن-dan-данقَبْلُoldinолдинإِنْemasэмасهَـٰذَآbuбуإِلَّآboshqaбошқаأَسَـٰطِيرُafsonalaridanафсоналариданٱلْأَوَّلِينَavvalgilarningаввалгиларнинг
TafsirТафсир

Kofirlarda Allohga va Uning barkamol sifatlariga ishonmaslik oqibatida oʻrnashib qolgan notoʻgʻri xayollardan biri qayta tirilish masalasida koʻrinadi. Ular, oʻlganimizdan keyin koʻmilib, etu ustixonimiz chirib, tuproqqa qoʻshilib ketganidan keyin, qanday qilib yana qaytadan tirilishimiz mumkin? Bizdan oldin oʻlib, chirib, umuman asari qolmagan ota-bobolarimiz qanday qilib yana qaytadan chiqarilishlari mumkin, deb hayratlanadilar. Lekin, dunyoga kelmasimdan oldin mendan asar ham yoʻq edi, ota-bobolarimning ham dunyoga kelmaslaridan oldin hech qanday asari boʻlmagan, ammo shunday boʻlsa-da, men ham, ota-bobolarim ham dunyoga keldik, yashab oʻtdik. Meni va ota-bobolarimni yoʻq joydan bor qilgan ana oʻsha Zot bor tuproqqa aralashib ketganimizdan keyin qayta chiqarib olishga albatta qodirdir, deb oʻylamaydi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Qurʼoni Karim ularga, bir kun kelib qayta tirilajaksizlar, desalar:

«Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq boʻlganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!» deb soʻrayveradilar.

Ularning bu savoli haqiqatni anglash uchun berilgan emas. Ularning bu savoli haqiqatni inkor etish uchun berilgan savoldir. Ular oʻzlarining bu savollari bilan nafaqat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning, balki hamma Paygʻambarlarning qayta tirilish haqidagi xabarlarini inkor qiladilar.

Kofirlar gapining davomiga eʼtibor beraylik:

«Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarimizga-da oldin ham vaʼda qilingan edi».

Yaʼni, oʻlgandan keyin qayta tirilish bizga ham, ota-bobolarimizga ham Muhammaddan oldin ham vaʼda qilingan edi. Undan bosh- qa oʻzini Paygʻambar deb ataganlar ham bu gapni aytgan.

«Bu, avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.»

Oʻlgandan keyin qayta tirilib chiqish haqidagi Muhammadning gaplari avval oʻtganlarning afsonasidan boshqa narsa emas, deydilar. Ular bu bilan qiyomatga oid aqiydani eʼtibordan chetda qoldirishga harakat qiladilar. Ularning bu ishlari katta jinoyatdir.

Ularning bu ulkan jinoyatlariga qarshi Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga quyidagi gapni aytishni amr qildi: