QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят86

أَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا جَعَلْنَا ٱلَّيْلَ لِيَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz sokinlik topishlari uchun kechani, ko`rishlari uchun kunduzni qilganimizni ko`rmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.Биз сокинлик топишлари учун кечани, кўришлари учун кундузни қилганимизни кўрмадиларми?! Албатта, бунда иймон келтирадиган қавмлар учун ибратлар бордир.Alauddin Mansour: Biz ular orom olishlari uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorugʻ qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta bunday iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Биз улар ором олишлари учун кечани пайдо қилганимизни ва кундузни ёруғ қилиб қўйганимизни кўрмадиларми?! Албатта бундай иймон келтирадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.

384-sahifa · 20-juz · 39-hizb384-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиيَرَوْا۟koʻrmadilarкўрмадиларأَنَّاBizningБизнингجَعَلْنَاqilganimizniқилганимизниٱلَّيْلَkechaniкечаниلِيَسْكُنُوا۟sokinlik topishlari uchunсокинлик топишлари учунفِيهِundaундаوَٱلنَّهَارَva kunduzniва кундузниمُبْصِرًا ۚkoʻrsatuvchi (yorugʻ)кўрсатувчи (ёруғ)إِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَـٰتٍۢibratlar bordirибратлар бордирلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиган
TafsirТафсир

Oʻsha kofirlar har qadamda uchrab turgan sonsiz-sanoqsiz ibratli hodisalarga diqqat qilmasalar ham, birgina kecha va kunduzga, ularning almashib turishiga, kecha sokinlik, kunduz koʻrishlik uchun manfaatli ekaniga eʼtibor berganlarida edi, oʻzlari uchun yaxshi boʻlardi. Ular bu hodisalarning oʻz-oʻzidan roʻy bermasligini, Allohdan boshqa birov joriy etolmasligini aniq anglagan boʻlardilar. Qiyomatda sharmanda boʻlmas edilar.

«Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.»

Alloh taolo sukunat uchun kechani, basorat(koʻrish) uchun kunduzni paydo qilib qoʻyishida koʻpdan-koʻp ibratlar bor.

Keyingi oyatlarda mazkur sukunat va basorat, tinch hayot kechirish bir kun kelib buzilishi va oʻsha kunda yuz beradigan hodisalar haqida soʻz ketadi: