وَوَقَعَ ٱلْقَوْلُ عَلَيْهِم بِمَا ظَلَمُوا۟ فَهُمْ لَا يَنطِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga, zulm qilganlari sababli, so`z(langan azob) tushar. Bas, ular so`zlay olmaslar.Ва уларга, зулм қилганлари сабабли, сўз(ланган азоб) тушар. Бас, улар сўзлай олмаслар.Alauddin Mansour: Zolim-kofir boʻlganlari sababli ularning ustiga Soʻz — azob tushdi. Bas, ular (biron soʻz) soʻzlay olmaslar.Золим-кофир бўлганлари сабабли уларнинг устига Сўз — азоб тушди. Бас, улар (бирон сўз) сўзлай олмаслар.
Ana oʻshanda ularning boshiga bu dunyoda Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlarga vaʼda qilingan–soʻzlangan azob tushadi. Bu azob ular zulm qilganlari, iymon keltirmay, kofir boʻlganlari va Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlari uchun munosib jazodir.
«Bas, ular soʻzlay olmaslar.»
Hamma narsa ochiq-oydin boʻlganidan keyin nimani ham soʻzlar edilar. Yorugʻ dunyoda koʻzlarini kattaroq ochganlarida bunday boʻlmas edi.