حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُو قَالَ أَكَذَّبْتُم بِـَٔايَـٰتِى وَلَمْ تُحِيطُوا۟ بِهَا عِلْمًا أَمَّاذَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki ular kelib bo`lgach, U zot: «Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqardingizmi?! Ularni puxta anglamay turib-a? Yo`qsa, nima qilgan edingiz?» der.Токи улар келиб бўлгач, У зот: «Бизнинг оятларимизни ёлғонга чиқардингизми?! Уларни пухта англамай туриб-а? Йўқса, нима қилган эдингиз?» дер.Alauddin Mansour: Endi qachon ular (hisob-kitob qilinadigan joyga) kelishgach, (Alloh) aytdi: «Sizlar aniq-puxta bilmagan holingizda Mening oyatlarimni yolgʻon dedingizmi?! Boʻlmasa nima qilguvchi boʻldingizlar?!»Энди қачон улар (ҳисоб-китоб қилинадиган жойга) келишгач, (Аллоҳ) айтди: «Сизлар аниқ-пухта билмаган ҳолингизда Менинг оятларимни ёлғон дедингизми?! Бўлмаса нима қилгувчи бўлдингизлар?!»
Vasf qilinayotgan holat nihoyatda nozik. Qiyomat qoim boʻlgan. Mahshargoh. Hamma toʻplangan. Har bir millatdan Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlar alohida-alohida guruhlarga tizilib, nima boʻlishini kutib turibdilar. Ana shunday paytda Alloh taoloning Oʻzi ularga aybnomani eʼlon qiladi:
«Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqardingizmi?!»
Ular Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlari aniq, ammo ularni ayblash uchun, hijolat qilish, xorlash, koʻpchilikning oldida sharmandasini chiqarish, aybini boʻyniga qoʻyib, iqror qildirish uchun savol berilmoqda.
«Ularni puxta anglamay turib-a?»
Bizning oyatlarimizni hali tushunmay turib yolgʻonga chiqardingizmi?
Ha, Allohning oyatlarini puxta anglab yetganlar ularni yolgʻon deya olmaydi, balki ularga iymon keltiradi. Faqat, Allohning oyatlarini yaxshi anglab yetmaganlargina ularni yolgʻonga chiqaradilar. Oʻtmish ham, hozir ham shuni koʻrsatadi.
Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarishga jurʼat etgan, Qurʼon oyatlariga til tekkizgan xudosizlar ularni anglab yetmagan boʻladi. Koʻpchilik hollarda esa, birorta ham arabcha soʻz bilmaydigan odamlar boʻladi. Ular Qurʼonda yoʻq narsani Qurʼondan deb gapiradilar, oʻzlari toʻqib olgan gaplarni «oyat» deb nomlab, tanqid qiladilar. Qiyomat kuni ularning hammasi ushbu oyatda vasf qilinayotganidek soʻroqqa tutiladilar, inshoalloh.
Alloh taolo ularga berayotgan savolining oxirida:
«Yoʻqsa, nima qilgan edingiz?» der»
Ular jim qoladilar. Gunohlariga iqror boʻladilar. Boshqa ilojlari ham yoʻq.