وَيَوْمَ نَحْشُرُ مِن كُلِّ أُمَّةٍ فَوْجًا مِّمَّن يُكَذِّبُ بِـَٔايَـٰتِنَا فَهُمْ يُوزَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz har ummatning oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlaridan bir guruhini to`plagan kunda ular jamlanib-tizilib turishar.Биз ҳар умматнинг оятларимизни ёлғонга чиқарганларидан бир гуруҳини тўплаган кунда улар жамланиб-тизилиб туришар.Alauddin Mansour: Biz har bir millatdan bir guruh Bizning oyatlarimizni yolgʻon deydigan kimsalarni toʻplab, ular tizilib turadigan kunni (eslang).Биз ҳар бир миллатдан бир гуруҳ Бизнинг оятларимизни ёлғон дейдиган кимсаларни тўплаб, улар тизилиб турадиган кунни (эсланг).
Mahshar kunida Alloh taolo har bir ummatdan Oʻzining oyatlariga ishonmagan, ularni yolgʻonga chiqarganlaridan bir guruhini toʻplab, mahshargohga keltirar ekan. Ana oʻshanda u kofirlar toʻp-toʻp boʻlib, tizilgan hollarida, endi nima boʻlishini kutib turar ekanlar.