وَأَنْ أَتْلُوَا۟ ٱلْقُرْءَانَ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَقُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُنذِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Qur'onni tilovat qilishga (amr etildim). Kim hidoyat topsa, faqat o`zi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, unga: «Men ogohlantirguvchilardanman, xolos», degin.Ва Қуръонни тиловат қилишга (амр этилдим). Ким ҳидоят топса, фақат ўзи учун ҳидоят топадир. Ким залолатга кетса, унга: «Мен огоҳлантиргувчиларданман, холос», дегин.Alauddin Mansour: Va Qurʼon tilovat qilishga (buyurilgandirman»). Bas, kim haq yoʻlga yursa faqat oʻz (foydasi) uchun yurar. Kim yoʻldan ozsa, u holda aytingki: «Men faqat (yoʻldan ozgan kimsalarni Allohning azobidan) ogohlantirguvchilardandirman».Ва Қуръон тиловат қилишга (буюрилгандирман»). Бас, ким ҳақ йўлга юрса фақат ўз (фойдаси) учун юрар. Ким йўлдан озса, у ҳолда айтингки: «Мен фақат (йўлдан озган кимсаларни Аллоҳнинг азобидан) огоҳлантиргувчилардандирман».
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Allohga ibodat qilishga, hayotlarini Allohning taʼlimoti ostida oʻtkazishga amr etilganlari bilan bir qatorda, insoniyatga dastur boʻlmish Qurʼonni tilovat qilishga ham buyurilgandirlar. Qurʼoni Karim Alloh taʼlimotlarining toʻplamidir. Kim bu dunyoda Allohga ibodat qilib yashayman desa, Qurʼonni oʻziga dasturulamal tutib yashamogʻi lozim. Ana shundagina u hidoyat topadi.
«Kim hidoyat topsa, faqat oʻzi uchun hidoyat topadir.»
Uning hidoyat topgani Allohga, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, Islom daʼvatchilariga yoki boshqalarga foyda emas.
Shuningdek, zalolatga ketganlar ham oʻzlariga oʻzlari qiladilar.
«Kim zalolatga ketsa, unga: «Men ogohlantirguvchilardanman, xolos», degin.»
Mening boshqa vazifam yoʻq, degin.