وَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ سَيُرِيكُمْ ءَايَـٰتِهِۦ فَتَعْرِفُونَهَا ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohga hamd bo`lsin! U sizlarga O`z oyat-mo`'jizalarini ko`rsatur. Siz ularni ko`rib, taniysiz», deb ayt. Robbing qilayotgan amallaringizdan g`ofil emasdir.Сен: «Аллоҳга ҳамд бўлсин! У сизларга Ўз оят-мўъжизаларини кўрсатур. Сиз уларни кўриб, танийсиз», деб айт. Роббинг қилаётган амалларингиздан ғофил эмасдир.Alauddin Mansour: Ayting: «Hamdu-sano Alloh uchundir. Yaqinda U sizlarga Oʻz oyat-moʻʼjizalarini koʻrsatur. Bas, sizlar u (moʻʼjizalarni) tan olursizlar (lekin u kunda tan olishingiz sizlarga foyda bermas)». (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringiz sizlarning qilayotgan amallaringizdan gʻofil emasdir.Айтинг: «Ҳамду-сано Аллоҳ учундир. Яқинда У сизларга Ўз оят-мўъжизаларини кўрсатур. Бас, сизлар у (мўъжизаларни) тан олурсизлар (лекин у кунда тан олишингиз сизларга фойда бермас)». (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингиз сизларнинг қилаётган амалларингиздан ғофил эмасдир.
Barcha maqtovlar Alloh taologa boʻlsin. «U sizlarga Oʻz oyat-moʻʼjizalarini koʻrsatur.» Darhaqiqat, qanchadan-qancha moʻʼjizalarni koʻrsatdi va koʻrsatmoqda ham. «Siz ularni koʻrib, taniysiz.» Tan olasiz, qoyil qolasiz. «Robbing qilayotgan amallaringizdan gʻofil emasdir.» Shuning uchun, faqat Ungagina yoqadigan amallarni qilish kerak.