QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят27

قَالَ إِنِّىٓ أُرِيدُ أَنْ أُنكِحَكَ إِحْدَى ٱبْنَتَىَّ هَـٰتَيْنِ عَلَىٰٓ أَن تَأْجُرَنِى ثَمَـٰنِىَ حِجَجٍ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِندِكَ ۖ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar o`n yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni ko`rasan», dedi.У: «Менга саккиз йил ишлаб беришинг шарти билан, шу икки қизимдан бирини сенга никоҳлаб бермоқчиман, агар ўн йилни тамомласанг, бу сенинг ишинг. Мен эса сенга машаққат қилишни истамасман. Иншоаллоҳ, менинг солиҳ кишилардан эканимни кўрасан», деди.Alauddin Mansour: (Shuʼayb) aytdi: «(Ey Muso, agar rozi boʻlsang), menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi agar oʻn yilni toʻlatsang (yaʼni, toʻla oʻn yil ishlab bersang), sen tomoningdan (bizga marhamat boʻlur). Men seni qiynashni istamayman. Inshoalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni koʻrursan».(Шуъайб) айтди: «(Эй Мусо, агар рози бўлсанг), менга саккиз йил ишлаб беришинг бадалига мен сенга мана шу икки қизимдан бирини никоҳлаб бермоқчиман. Энди агар ўн йилни тўлатсанг (яъни, тўла ўн йил ишлаб берсанг), сен томонингдан (бизга марҳамат бўлур). Мен сени қийнашни истамайман. Иншоаллоҳ, сен менинг солиҳ кишилардан эканлигимни кўрурсан».

388-sahifa · 20-juz · 39-hizb388-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأُرِيدُistaymanистайманأَنْ(ki)(ки)أُنكِحَكَsenga nikohlab bermoqniсенга никоҳлаб бермоқниإِحْدَىbiriniбириниٱبْنَتَىَّikki qizimdanикки қизимданهَـٰتَيْنِmana shuмана шуعَلَىٰٓsharti bilanшарти биланأَن(ki)(ки)تَأْجُرَنِىmenga ishlab berishingменга ишлаб беришингثَمَـٰنِىَsakkizсаккизحِجَجٍۢ ۖyilйилفَإِنْbas, agarбас, агарأَتْمَمْتَtamomlasangтамомласангعَشْرًۭاoʻnniўнниفَمِنْbas, -danбас, -данعِندِكَ ۖsening ixtiyoringсенинг ихтиёрингوَمَآva emasва эмасأُرِيدُistaymanистайманأَنْ(ki)(ки)أَشُقَّmashaqqat qilishniмашаққат қилишниعَلَيْكَ ۚsengaсенгаسَتَجِدُنِىٓmeni topasan (koʻrasan)мени топасан (кўрасан)إِنagarагарشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳمِنَ-dan-данٱلصَّـٰلِحِينَsolih kishilarсолиҳ кишилар
TafsirТафсир

Bu gaplardagi odob, soddalik, ochiqlik kishi qalbini quvonchga toʻldiradi. Qizlarining birida gʻarib yigitga nisbatan ragʻbat borligini sezgan ota masalani joʻngina hal qildi. Muso alayhissalomga men senga yaxshilik qilay, hech kiming yoʻq, bechora musofir ekansan, mardikor boʻlib qoʻylarimni boqib yur, bir kuningni koʻrarsan, demadi. Balki ishga taklif qilishning ajoyib uslubini qoʻlladi.

«U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman...» dedi. Ayni choqda, Muso alayhissalomdek yigitni kuyov qilib olish imkonini ham qoʻldan chiqarmadi.

«...agar oʻn yilni tamomlasang, bu sening ishing.»

Bizga fazlu karam koʻrsatgan boʻlasan.

«Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman.»

Hamma narsa sodda, oddiy va oson boʻlishini istayman.

«Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni koʻrasan», dedi.

Yaʼni, men aytgan gapimda turaman, noloyiq xatti-harakat qilmayman, dedi.

Tafsirchi ulamolarimiz bu dono, ulugʻ yoshdagi kishi kim ekanligi haqida har xil fikrlar aytganlar. Fikrlarning turlicha boʻlishiga asosiy sabab u odamning kimligi Qurʼoni Karimda ham, sahih hadislarda ham ochiq-oydin aytilmaganidir.

Moʻʼtabar tafsirchilarimizdan Hofiz ibn Kasir tafsirlarida oʻzlaridan oldingi ulamolarning koʻplari, bu ulugʻ yoshli kishi Paygʻambar Shuayb alayhissalom desa, boshqalari, u kishi emas, deganlarini, baʼzilari, u kishi Shuayb alayhissalomning ukasining oʻgʻli edi, desa, uchinchi birlari, Shuayb qavmidan bir moʻmin kishi edi, deganlarini aytadilar.

Soʻngra, oʻsha kishi Shuayb alayhissalom edi va u kishi emas edi, deganlarning hujjat va dalillarini keltiradilar.

Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayhidan keyin oʻtgan tafsirchilar bu masalada asosan ikki guruhga boʻlinadilar: bir qismlari oʻsha kishini Shuayb alayhissalom emas edi, desalar, qolganlari, Shuayb alayhissalom edi, deydilar.

Muso alayhissalomga qaynata boʻlgan shaxsni Shuayb alayhissalom deydigan ulamolar u kishining Madyanlik ekanligiga, hikmat bilan tasarruf qilganiga va baʼzi rivoyatlarda oʻsha odam Shuayb alayhissalomga nisbat berilganiga suyanadilar.

Muxoliflar esa, avvalo, mazkur shaxsni Shuayb alayhissalom deb atagan rivoyatlar kuchsiz ekanini, ularga suyanib boʻlmasligini aytadilar. Keyin esa, Qurʼonda tilga olinmagani u odamning Shuayb alayhissalom emasligini koʻrsatadi, chunki u kishidek katta Paygʻambar nomining tilga olinmasligi mumkin emas edi, deydilar. Eng asosiysi, tarixda, Qurʼonda sobit boʻlishicha, Shuayb alayhissalom Muso alayhissalomdan juda avval, Lut alayhissalomga yaqin davrda yashaganlar. U kishi Ibrohim alayhissalom davrlarida, yaʼni, Muso alayhissalomdan toʻrt yuz yil oldin oʻtganlar. Shuayb alay- hissalom qarigan chogʻlarida qavmlari halokatidan soʻng, faqat muxlis moʻmin kishilar bilan qolganlar, ular hech qachon Paygʻambarlarini qarovsiz qoʻyib, oʻz hayvonlarini uning qizlariga navbat bermay sugʻorishlari mumkin emas, kabi dalillarni keltiradilar.

Nima boʻlganida ham, Muso alayhissalom dono moʻysafiddan yuqoridagi taklifni qabul qildilar.