QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят26

قَالَتْ إِحْدَىٰهُمَا يَـٰٓأَبَتِ ٱسْتَـْٔجِرْهُ ۖ إِنَّ خَيْرَ مَنِ ٱسْتَـْٔجَرْتَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْأَمِينُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ikki(qiz)dan biri: «Ey otajon, uni ishga yollab ol. Chunki, ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi.Икки(қиз)дан бири: «Эй отажон, уни ишга ёллаб ол. Чунки, ишга ёлланадиган энг яхши кимса кучли ва ишончли кимсадир», деди.Alauddin Mansour: (Qizlardan) biri: «Ey ota, uni (ishga) yollagin. Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir», dedi.(Қизлардан) бири: «Эй ота, уни (ишга) ёллагин. Зеро, сен ёллаган энг яхши киши кучли, ишончли кишидир», деди.

388-sahifa · 20-juz · 39-hizb388-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَتْdediдедиإِحْدَىٰهُمَاikkovlaridan biriикковларидан бириيَـٰٓأَبَتِey otaginamэй отагинамٱسْتَـْٔجِرْهُ ۖuni ishga yollab olуни ишга ёллаб олإِنَّchunki, albattaчунки, албаттаخَيْرَeng yaxshisiэнг яхшисиمَنِkimsaкимсаٱسْتَـْٔجَرْتَishga yollanadiganишга ёлланадиганٱلْقَوِىُّkuchliкучлиٱلْأَمِينُishonchliишончли
TafsirТафсир

Moʻysafid cholning oilasida tarbiya topgan qizlar bilimdon, aqlli, dono, sermulohaza va iffatli boʻlib oʻsganlari koʻrinib turibdi. Otalari qarib qolgani, uyda boshqa erkak kishi yoʻqligidan qizlar hayvonlarni oʻzlari boqishga, sugʻorishga, erkaklarga arlashishga majbur boʻlmoqdalar. Bu hol juda ham noqulay. Yosh, baquvvat va gʻarib bir yigitning paydo boʻlib qolishi ularning oilasidagi choʻponlik muammosini hal qilishga qulay fursat edi. Shuning uchun, qizlardan biri otasiga taklif kiritib:

«Ey otajon, uni ishga yollab ol», dedi.

Yaʼni, otasiga Muso alayhissalomni choʻponlikka yollab olishni taklif qildi. Keyin nima uchun Muso alayhissalomning nomzodini koʻrsatganini sharhlab:

«Chunki, ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi.

Bu gapdan ham qiz oliy saviyali odob sohibasi ekani koʻrinib turibdi. Gapni Muso alayhissalomga emas, uchinchi shaxsga qaratib, ishga yollanadigan eng yaxshi odam qanday boʻlishi kerakligi haqida gapirmoqda. Zotan, hayvonlarini sugʻorish va otalarining amri bilan Muso alayhissalomni chaqirib kelish paytida, u kishining kuchli va ishonchli odam ekanini sezishgan edi.

Shunday oqila va fozila qizlarni tarbiyalagan otaning juda madaniyatli va odobli kishi boʻlishi turgan gap. Qizining taklifi maʼqul kelganidan keyin bu haqda Muso alayhissalomga murojaat qilib: