QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят25

فَجَآءَتْهُ إِحْدَىٰهُمَا تَمْشِى عَلَى ٱسْتِحْيَآءٍ قَالَتْ إِنَّ أَبِى يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا ۚ فَلَمَّا جَآءَهُۥ وَقَصَّ عَلَيْهِ ٱلْقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفْ ۖ نَجَوْتَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sug`orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qo`rqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi.Бас, икковларидан бири ҳаё билан юриб келиб: «Отам сенга бизларга суғориб берганинг ҳақини бериш учун чақирмоқда», деди. Қачонки унга келганида ва қиссани айтиб берганида, у: «Қўрқма, золим қавмлардан нажот топдинг», деди.Alauddin Mansour: Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam seni bizlarga (qoʻylarimizni) sugʻorib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Bas, qachonki (Muso Shuʼaybning huzuriga) kelib, unga oʻz qissasini soʻylab bergach, u: «Qoʻrqmagin. Sen u zolim qavmdan najot topding», dedi.Бас, улардан бири ҳаё билан юриб келиб: «Отам сени бизларга (қўйларимизни) суғориб берганинг ҳақини бериш учун чақирмоқда», деди. Бас, қачонки (Мусо Шуъайбнинг ҳузурига) келиб, унга ўз қиссасини сўйлаб бергач, у: «Қўрқмагин. Сен у золим қавмдан нажот топдинг», деди.

388-sahifa · 20-juz · 39-hizb388-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَجَآءَتْهُbas, unga keldiбас, унга келдиإِحْدَىٰهُمَاikkovlaridan biriикковларидан бириتَمْشِىyuribюрибعَلَىbilanбиланٱسْتِحْيَآءٍۢhayoҳаёقَالَتْdediдедиإِنَّalbattaалбаттаأَبِىotamотамيَدْعُوكَseni chaqirmoqdaсени чақирмоқдаلِيَجْزِيَكَsenga berish uchunсенга бериш учунأَجْرَhaqqiniҳаққиниمَاnarsaningнарсанингسَقَيْتَsugʻorib berganingсуғориб берганингلَنَا ۚbizlargaбизларгаفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَهُۥunga kelganidaунга келганидаوَقَصَّva aytib berganidaва айтиб берганидаعَلَيْهِungaунгаٱلْقَصَصَqissaniқиссаниقَالَdediдедиلَاemasэмасتَخَفْ ۖqoʻrqқўрқنَجَوْتَnajot topdingнажот топдингمِنَ-dan-данٱلْقَوْمِqavmқавмٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Oʻyga tolib yolgʻiz oʻtirgan Muso alayhissalomning oldilariga haligi ikki ayolning biri uyalibgina kelib:

«Otam senga bizlarga sugʻorib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi».

Albatta, hayvonlarni osonlik bilan sugʻorib uyga odatdagidan erta qaytgan qizlar bilan qari otalari orasida suhbat boʻlib oʻtgan. Qizlar otasiga hayvonlarini sugʻorib bergan gʻarib yigit haqida, uning mardligi, shijoatliligi, yana, oʻzi yolgʻiz soyada oʻtirib qolganligi haqida soʻzlab berishgan. Oʻshanda otalari qizlardan birini oʻsha gʻarib yigitni chaqirib kelish uchun yuboradi. Muso alay- hissalom bu chaqiriqni qabul qilib, cholning oldiga boradilar.

«Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qoʻrqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi.»

Muso alayhissalom uy egasiga boshlaridan oʻtgan qissani gapirib berdilar. Koʻpni koʻrgan tajribali chol u kishining koʻnglini koʻtarib, qoʻrqma, endi qutulib ketding, degan maʼnoni aytdi.