QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят24

فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰٓ إِلَى ٱلظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّى لِمَآ أَنزَلْتَ إِلَىَّ مِنْ خَيْرٍ فَقِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sug`orib berdi. So`ngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi.Бас, икковларига (ҳайвонларини) суғориб берди. Сўнгра сояга қайтди ва «Эй Роббим, албатта, менга туширажагинг ҳар бир яхшиликка муҳтожман», деди.Alauddin Mansour: Shunda (Muso) ularga (qoʻylarini) sugʻorib berdi. Soʻngra (bir chetdagi daraxt) soyasiga borib (oʻtirib), dedi: «Parvardigorim, men Oʻzing men uchun nima yaxshilik (yaʼni, rizq) tushirsang, oʻshanga muhtojdirman».Шунда (Мусо) уларга (қўйларини) суғориб берди. Сўнгра (бир четдаги дарахт) соясига бориб (ўтириб), деди: «Парвардигорим, мен Ўзинг мен учун нима яхшилик (яъни, ризқ) туширсанг, ўшанга муҳтождирман».

388-sahifa · 20-juz · 39-hizb388-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَسَقَىٰbas, sugʻorib berdiбас, суғориб бердиلَهُمَاikkovlarigaикковларигаثُمَّsoʻngraсўнграتَوَلَّىٰٓqaytdiқайтдиإِلَى-ga-гаٱلظِّلِّsoyaсояفَقَالَva dediва дедиرَبِّey Robbimэй Роббимإِنِّىalbatta, menалбатта, менلِمَآnarsagaнарсагаأَنزَلْتَtushirajagingтуширажагингإِلَىَّmengaменгаمِنْ-dan-данخَيْرٍۢyaxshilikяхшиликفَقِيرٌۭmuhtojmanмуҳтожман
TafsirТафсир

Muso alayhissalom haligi ikki ayolning hayvonlarini sugʻorib berdilar. Buni oʻzlarining erkak kishilik burchlari, deb bildilar.

«Soʻngra soyaga qaytdi...»

Demak, kun issiq ekan. Avval ham soyada oʻtirgan edilar. Lekin qiynalayotgan ikki ayolni koʻrib, gʻoyatda charchagan, horib-tolgan, ochiqqan boʻlsalar ham, turib ularga yordam berdilar. Qaytib borib yana soyadan joy oldilar. Yana yolgʻiz qoldilar. Yana muhojirlik gʻurbatini his etdilar. Yolgʻizning yori xudo, deb yana Robbul olamiynga iltijo qilib:

«Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedilar.

Chunki, u kishining hech kimi va hech narsasi yoʻq edi. Yolgʻiz oʻzlari. Yonlarida hamroh ham, yegani bir burda non ham, yotgani joy ham yoʻq. Bularning boʻlishidan darak ham yoʻq. Faqatgina Alloh bor! Shuning uchun, Allohning Oʻziga yolbordilar. Nima yaxshilik tushirsang, oʻshanga muhtojman, Sendan boshqa umidim yoʻq, dedilar. Hamma narsani koʻrib turguvchi Alloh Muso alayhissalomning bu hollarini ham koʻrdi. Hamma narsani eshitib turguvchi Alloh Muso alayhissalomning bu iltijolarni ham eshitdi. Barcha mushkullarni oson qilguvchi Alloh Muso alayhissalomning mushkullarini ham oson qildi.