QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят23

وَلَمَّا وَرَدَ مَآءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِّنَ ٱلنَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِن دُونِهِمُ ٱمْرَأَتَيْنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسْقِى حَتَّىٰ يُصْدِرَ ٱلرِّعَآءُ ۖ وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to`p odamlarning hayvonlarini sug`orayotganini ko`rdi va ulardan boshqa (qo`ylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni ko`rdi. U: «Sizlarga ne bo`ldi?» dedi. Ular: «Cho`ponlar qaytmagunlaricha sug`ora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar.Қачонки Мадян сувига етиб келгач, бир тўп одамларнинг ҳайвонларини суғораётганини кўрди ва улардан бошқа (қўйларини сувдан) қайтараётган икки аёлни кўрди. У: «Сизларга не бўлди?» деди. Улар: «Чўпонлар қайтмагунларича суғора олмаймиз, отамиз қари чол», дедилар.Alauddin Mansour: Qachonki Madyanning suvi — qudugʻiga yetib kelgach, u joyda bir toʻp odamlar (chorvalarini) sugʻorayotganlarini koʻrdi va ulardan quyiroqda ikki ayol (oʻz qoʻylarini quduqdan) toʻsib turganlarini koʻrib: «Sizlarga ne boʻldi (yaʼni, nega qoʻylaringizni sugʻormay turibsizlar)?», dedi. Ular: «Biz to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha sugʻora olmaymiz. Otamiz esa qari chol (yaʼni, qoʻylarimizni sugʻorgani kela olmas)», dedilar.Қачонки Мадяннинг суви — қудуғига етиб келгач, у жойда бир тўп одамлар (чорваларини) суғораётганларини кўрди ва улардан қуйироқда икки аёл (ўз қўйларини қудуқдан) тўсиб турганларини кўриб: «Сизларга не бўлди (яъни, нега қўйларингизни суғормай турибсизлар)?», деди. Улар: «Биз то подачилар (молларини) қайтармагунча суғора олмаймиз. Отамиз эса қари чол (яъни, қўйларимизни суғоргани кела олмас)», дедилар.

388-sahifa · 20-juz · 39-hizb388-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиوَرَدَyetib kelgachетиб келгачمَآءَsuvigaсувигаمَدْيَنَMadyanМадянوَجَدَtopdi (koʻrdi)топди (кўрди)عَلَيْهِuning ustidaунинг устидаأُمَّةًۭbir toʻpбир тўпمِّنَ-dan-данٱلنَّاسِodamlarодамларيَسْقُونَsugʻorayotganсуғораётганوَوَجَدَva koʻrdiва кўрдиمِنulardanуларданدُونِهِمُboshqaбошқаٱمْرَأَتَيْنِikki ayolniикки аёлниتَذُودَانِ ۖ(qoʻylarini) qaytarayotgan(қўйларини) қайтараётганقَالَdediдедиمَاneнеخَطْبُكُمَا ۖikkovingizga boʻlgan holикковингизга бўлган ҳолقَالَتَاikkovlari dedilarикковлари дедиларلَاemasэмасنَسْقِىsugʻoramizсуғорамизحَتَّىٰtokiтокиيُصْدِرَ(qoʻylarini) qaytarmagunlaricha(қўйларини) қайтармагунларичаٱلرِّعَآءُ ۖchoʻponlarчўпонларوَأَبُونَاva otamizва отамизشَيْخٌۭcholчолكَبِيرٌۭqariқари
TafsirТафсир

Muso alayhissalom uzoq yoʻl yurib, xorib-charchab Madyan suviga yetib bordilar. Albatta, choʻl joylarda suv quduqda boʻladi. Muso alayhissalom Madyan qudugʻidan bir toʻp odamlar hayvonlarini sugʻorayotganlarini, shuningdek, bir chetda ikki ayolning suvga intilayotgan hayvonlarini qaytarib turganini ham koʻrdilar. Himmatli va hassos erkaklarga xos tabiatlari joʻsh urgan Muso alayhissalom bu holni singdira olmadilar. Aslida, erkaklar ayollarni hurmat qilishlari, avval ularning hayvonlarini sugʻorib berishlari kerak edi. Ammo bu yerda ish teskaricha boʻlmoqda. Erkaklar talashib- tortishib hayvonlarini sugʻormoqdalar, nozik, kuchsiz ayollar tortinib, suvga oʻzini urayotgan hayvonlarini qaytarib halak boʻlmoqdalar. Doimo haqiqat uchun kurashib kelgan, haqsizlikka chidamaydigan Muso alayhissalom bu safar ham tomoshabin boʻlib tura olmadilar. U kishi ikki ayolga savol berib:

«Sizlarga ne boʻldi?» dedi».

Sizlarga nima boʻldiki, ayol boshingiz bilan hayvonlarni sugʻorgani kelibsiz? Sizlarga nima boʻldiki, suvga oʻzini urayotgan hayvonlaringizni qaytarmoqdasiz?

Shunda ayollar moʻminalarga xos iffat va odob bilan javob berdilar. Hayvonlarini suvdan qaytarish va bu yerga kelishga majbur boʻlish sabablarini aytdilar.

«Ular: «Choʻponlar qaytmagunlaricha sugʻora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar.»

Kuchli-quvvatli erkak choʻponlar bilan talashib-tortishishga odobimiz yoʻl qoʻymaydi, kuchimiz ham yetmaydi. Shuning uchun, ular sugʻorib boʻlguncha bir chetda, hayvonlarimizni suvdan qaytarib turishga majburmiz. Aslida, bizning bu yerga kelishimiz toʻgʻri emas, ammo otamiz qari chol, hayvonlarni sugʻora olmaydi.

Shunda Muso alayhissalom odobli, qadrini bilgan erkak sifatida ish tutdilar.