وَلَمَّا تَوَجَّهَ تِلْقَآءَ مَدْيَنَ قَالَ عَسَىٰ رَبِّىٓ أَن يَهْدِيَنِى سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki Madyan tomon yuzlanganida: «Shoyadki, Robbim meni to`g`ri yo`lga hidoyat qilsa», dedi.Қачонки Мадян томон юзланганида: «Шоядки, Роббим мени тўғри йўлга ҳидоят қилса», деди.Alauddin Mansour: Va qachonki Madyan (shahri) tomonga yuzlangach, dedi: «Shoyad Parvardigorim meni Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilsa».Ва қачонки Мадян (шаҳри) томонга юзлангач, деди: «Шояд Парвардигорим мени Тўғри Йўлга ҳидоят қилса».
Muso alayhissalom yolgʻiz oʻzlari cheksiz sahroda notanish joylar tomon, bu mashaqqatli safarga umuman tayyorgarlik koʻrmasdan ketmoqda edilar. Iymonini berkitgan moʻmin kishining kutilmagan tashvishli xabaridan soʻng, darhol yoʻlga tushishga majbur boʻlgan edilar. U kishi oʻzlari bilmagan holda Madyan nomli joyga qarab bormoqda va yoʻl-yoʻlakay Allohdan umidlarini uzmay:
«Shoyadki, Robbim meni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa», deb iltijo etmoqda edilar.
U kishi alayhissalom ana shundoq iltijo ila yurib ketdilar.