فَخَرَجَ مِنْهَا خَآئِفًا يَتَرَقَّبُ ۖ قَالَ رَبِّ نَجِّنِى مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, xavfsirab, alanglagan holda u yerdan: «Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin», deb chiqdi.Бас, хавфсираб, аланглаган ҳолда у ердан: «Эй Роббим, менга золим қавмлардан нажот бергин», деб чиқди.Alauddin Mansour: Bas, u qoʻrquvga tushib, (ortidan yetib kelib qolishlariga) koʻz tutgan holda u yerdan chiqib, dedi: «Parvardigorim, Oʻzing menga bu zolim qavmdan najot bergin».Бас, у қўрқувга тушиб, (ортидан етиб келиб қолишларига) кўз тутган ҳолда у ердан чиқиб, деди: «Парвардигорим, Ўзинг менга бу золим қавмдан нажот бергин».
Ha, Muso alayhissalom zolim qavmlarning zulmidan qochib, tugʻilgan yerlari, ota-ona, qarindosh-urugʻlari–hamma-hammasini tashlab, yolgʻiz boshlarini olib, hijrat qilishga majbur boʻldilar. Kechagina Firʼavnning erkatoyi boʻlgan, aytgani aytgan, degani degan, hamma uning bir ogʻiz soʻziga intizor boʻlib turgan zot bugun yurtidan, xalqi ichidan qoʻrqib-xavfsirab, birov koʻrib qolmayaptimikan, deb atrofga alanglab, nomaʼlum tomonga, nomaʼlum xalq ichiga ketmoqda edi. Bu holat u kishining haqiqat uchun kurashgani, zulmga qarshi bosh koʻtargani tufayli, Firʼavn shaxsiga emas, Alloh taologa sigʻingani sababli yuz berdi.
Allohga iymon keltirgan odam doimo Allohga topinadi, doimo yolgʻiz Allohdangina yordam soʻraydi.
Muso alayhissalom ham shunday qildilar.
«Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin», deb chiqdi.»
Ha, moʻminlarga Alloh taoloning oʻzi najot beradi. Ularni zolim qavmlar zulmidan Alloh taoloning Oʻzi qutqazadi. Shuningdek, ularni toʻgʻri yoʻlga ham Alloh taoloning Oʻzi boshlaydi. Shuning uchun ham, Muso alayhissalom: