وَجَآءَ رَجُلٌ مِّنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ يَسْعَىٰ قَالَ يَـٰمُوسَىٰٓ إِنَّ ٱلْمَلَأَ يَأْتَمِرُونَ بِكَ لِيَقْتُلُوكَ فَٱخْرُجْ إِنِّى لَكَ مِنَ ٱلنَّـٰصِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: «Ey Muso, aniqki, a'yonlar seni o`ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, chiqib ket! Albatta, men senga nasihat qilguvchilardanman», dedi.Ва шаҳарнинг нариги четидан бир киши шошиб келиб: «Эй Мусо, аниқки, аъёнлар сени ўлдириш учун тил бириктирмоқдалар. Бас, чиқиб кет! Албатта, мен сенга насиҳат қилгувчиларданман», деди.Alauddin Mansour: Shaharning narigi tarafidan bir kishi shoshgancha kelib: «Ey Muso, (Firʼavn) odamlari seni oʻldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, sen (bu shahardan) chiqib ketgin. Albatta men senga xolis boʻlgan kishilardandirman», dedi.Шаҳарнинг нариги тарафидан бир киши шошганча келиб: «Эй Мусо, (Фиръавн) одамлари сени ўлдириш учун тил бириктирмоқдалар. Бас, сен (бу шаҳардан) чиқиб кетгин. Албатта мен сенга холис бўлган кишилардандирман», деди.
Shahar chetidan shoshib kelgan bu kishi Firʼavn qavmidan boʻlib, iymonga kelgan-u, ammo iymonini yashirib yurgan odam ekanligi boshqa suradagi oyatda aytilgan. Oʻsha odam:
«Ey Muso, aniqki, aʼyonlar seni oʻldirish uchun til biriktirmoqdalar», deb xabar yetkazadi.
Firʼavn tuzumida Muso alayhissalomga oʻxshab zulmga qarshi bosh koʻtargan bir odamning chiqib qolishi ham katta tahdid boʻlib koʻrinadi. Firʼavnning atrofidagi gumashtalar, aʼyonlar zulmga qarshi chiqqan oʻsha isyonkorni darhol yoʻq qilish uchun til biriktira boshlaydilar. Umuman, firʼavnlar tuzumida ham oz boʻlsa-da, iymonli kishilar topiladi. Ammo ular tuzumdan qoʻrqqanlaridan iymonlarini berkitib yuradilar. Ular tuzum ichida yurgani uchun uning sirlaridan xabardor boʻlishlari turgan gap. Baʼzi sirlardan xabar topganlarida, ayniqsa, iymon ahliga qarshi aʼyonlarning til biriktirganini bilganlarida, iymonlari taqozosi bilan, bu haqda iymonlilarga yashirin xabar berishni, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishni, nasihat qilishni burchlari deb biladilar.
Firʼavn qavmidan boʻlgan mazkur moʻmin kishi ham xuddi shunday qildi. Firʼavn aʼyonlari Muso alayhissalomni oʻldirish uchun til biriktirayotganlaridan xabar topishi bilan shahar chetidan shoshilib kelib Muso alayhissalomga oʻsha xabarni yetkazdi va u kishiga yoʻl koʻrsatib:
«Bas, chiqib ket!» dedi.
Darhaqiqat, Muso alayhissalom chiqib ketmasalar, boʻlmas edi. Xudolik daʼvo qilayotgan podshoh Firʼavn va uning aʼyonlari, askarlari hamda qavmi–hamma-hammasiga qarshi yolgʻiz oʻzlari turishlari imkonsiz narsa edi. U kishining u yerda qolishlari oʻzlariga zulm boʻlar, shu bilan birga, Firʼavnga qarshi kurash istiqbolini berkitib qoʻyar edi. Shuning uchun, moʻmin kishining nasihati toʻgʻri edi. U buni tasdiqlash niyatida:
«Albatta, men senga nasihat qilguvchilardanman», dedi».
Haligi kishidan bu xabarni eshitgan Muso alayhissalom,