QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят3

نَتْلُوا۟ عَلَيْكَ مِن نَّبَإِ مُوسَىٰ وَفِرْعَوْنَ بِٱلْحَقِّ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltiradigan qavm uchun senga Muso va Fir'avnning xabaridan haq ila tilovat qilib beramiz.Иймон келтирадиган қавм учун сенга Мусо ва Фиръавннинг хабаридан ҳақ ила тиловат қилиб берамиз.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), iymon keltiradigan qavm (oʻqib, ibrat olishlari) uchun sizga Muso va Firʼavn xabaridan haqqi-rost tilovat qilib (soʻylab) berurmiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), иймон келтирадиган қавм (ўқиб, ибрат олишлари) учун сизга Мусо ва Фиръавн хабаридан ҳаққи-рост тиловат қилиб (сўйлаб) берурмиз.

385-sahifa · 20-juz · 39-hizb385-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
نَتْلُوا۟tilovat qilib beramizтиловат қилиб берамизعَلَيْكَsengaсенгаمِن-dan-данنَّبَإِxabariхабариمُوسَىٰMusoningМусонингوَفِرْعَوْنَva Firʼavnningва Фиръавннингبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаلِقَوْمٍۢqavm uchunқавм учунيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиган
TafsirТафсир

Bu oyati karimadagi «senga» degan xitob Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgandir.

«Iymon keltirgan qavm uchun» degani «moʻminlar uchun» deganidir. Oyatda moʻminlar hamda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun katta tasalli va xursandchilik bor.

Tasavvur qilib koʻraylik. Mushrik-kofirlarning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va oz sonli, zaifhol moʻminlarga zulmlari haddan oshgan. Ularning koʻcha-koʻyda yurishlari qiyin boʻlib qolgan. Makkaning har bir nuqtasida ularga qarshi azob- uqubat, istehzo, javr-sitam tayyor. Ularning koʻzlariga dunyo tor boʻlib koʻrinmoqda. Hech bir joydan najot daragi yoʻq.

Shunday paytda ochiq-oydin kitob boʻlmish muqaddas Qurʼondan yangi oyat tushadi. Oyatda Alloh taolo ularga tasalli beruvchi qissani, Muso va Firʼavn xabarini tilovat qilib berishini aytadi. Albatta, bunday ilohiy inoyatdan moʻminlarning boshlari osmonga yetadi. Allohning oʻzi ularga Qurʼon oyatlarini tilovat qilib bermoqda. Axir, ular oʻsha Zotning roziligi uchun shunchalik qiyinchiliklarga duchor boʻlishayotgan edi-da. Demak, Alloh taolo doimo ular bilan birga ekan. Ularni tark etmagan ekan. Balki moʻminlarning sabr-matonatini taqdirlab, ularga oyatlarni Oʻzi tilovat qilmoqda. Moʻminlarning hozircha zaifhol boʻlib turishlarining boshqa hikmati ham boʻlsa kerak?