وَلَا تَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ ۘ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُۥ ۚ لَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zga hech bir ilohga iltijo qilma. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Undan o`zga har bir narsa halok bo`lguvchidir. Hukm Uning O`zigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz.Аллоҳдан ўзга ҳеч бир илоҳга илтижо қилма. Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ. Ундан ўзга ҳар бир нарса ҳалок бўлгувчидир. Ҳукм Унинг Ўзигагинадир ва фақат Унгагина қайтарилурсиз.Alauddin Mansour: Alloh bilan birga boshqa biron «iloh»ga iltijo qilmang! Hech qanday iloh yoʻq magar Uning Oʻzigina bordir. Barcha narsa halok boʻlguvchidir, magar Uning Oʻzigina (mangudir). Hukm Uning (hukmidir), va (barchalaringiz) yolgʻiz Unga qaytarilursizlar.Аллоҳ билан бирга бошқа бирон «илоҳ»га илтижо қилманг! Ҳеч қандай илоҳ йўқ магар Унинг Ўзигина бордир. Барча нарса ҳалок бўлгувчидир, магар Унинг Ўзигина (мангудир). Ҳукм Унинг (ҳукмидир), ва (барчаларингиз) ёлғиз Унга қайтарилурсизлар.
Allohning oyatlari senga tushirilganidan keyin mushriklar seni ulardan toʻsmasinlar. Sen ularning gap-soʻzlariga, xohish-istaklariga qarab oʻtirma. Allohning oyatlariga amal qilishda davom etaver. «Robbingga daʼvat qil.» Butun dunyoni Robbingga, Robbingning yoʻliga chaqir. «Aslo mushriklardan boʻlma.» Chunki, shirk juda katta zulmdir. «Allohdan oʻzga hech bir ilohga iltijo qilma.» Faqat Allohning Oʻzigagina iltijo-ibodat qil. Chunki: «Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq». Faqat Allohgina ibodatga sazovor zotdir. «Undan oʻzga har bir narsa halok boʻlguvchidir.» Faqat Allohgina boqiy qoladi. «Hukm Uning oʻzigaginadir...» Undan oʻzga hech kim hukm qila olmas. «...va faqat Ungagina qaytarilursiz.» Undan oʻzga hech kimga qaytarilmassiz. Shuning uchun, Allohning biru borligiga iymon keltirib, Uning diniga toʻliq amal qilib yashamogʻimiz lozim.