وَلَا يَصُدُّنَّكَ عَنْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ بَعْدَ إِذْ أُنزِلَتْ إِلَيْكَ ۖ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va seni ular senga tushirilgan Allohning oyatlaridan hargiz to`smasinlar. Robbingga da'vat qil. Aslo mushriklardan bo`lma.Ва сени улар сенга туширилган Аллоҳнинг оятларидан ҳаргиз тўсмасинлар. Роббингга даъват қил. Асло мушриклардан бўлма.Alauddin Mansour: Va sizga Allohning oyatlari nozil qilinganidan soʻng hargiz (u oyatlarga amal qilishingizdan) toʻsmasinlar! Siz (odamlarni ham yolgʻiz) Parvardigoringizga (ibodat qilishga) chorlang va mushrik kimsalardan boʻlmang!Ва сизга Аллоҳнинг оятлари нозил қилинганидан сўнг ҳаргиз (у оятларга амал қилишингиздан) тўсмасинлар! Сиз (одамларни ҳам ёлғиз) Парвардигорингизга (ибодат қилишга) чорланг ва мушрик кимсалардан бўлманг!
Allohning oyatlari senga tushirilganidan keyin mushriklar seni ulardan toʻsmasinlar. Sen ularning gap-soʻzlariga, xohish-istaklariga qarab oʻtirma. Allohning oyatlariga amal qilishda davom etaver. «Robbingga daʼvat qil.» Butun dunyoni Robbingga, Robbingning yoʻliga chaqir. «Aslo mushriklardan boʻlma.» Chunki, shirk juda katta zulmdir. «Allohdan oʻzga hech bir ilohga iltijo qilma.» Faqat Allohning Oʻzigagina iltijo-ibodat qil. Chunki: «Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq». Faqat Allohgina ibodatga sazovor zotdir. «Undan oʻzga har bir narsa halok boʻlguvchidir.» Faqat Allohgina boqiy qoladi. «Hukm Uning oʻzigaginadir...» Undan oʻzga hech kim hukm qila olmas. «...va faqat Ungagina qaytarilursiz.» Undan oʻzga hech kimga qaytarilmassiz. Shuning uchun, Allohning biru borligiga iymon keltirib, Uning diniga toʻliq amal qilib yashamogʻimiz lozim.