QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят86

وَمَا كُنتَ تَرْجُوٓا۟ أَن يُلْقَىٰٓ إِلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبُ إِلَّا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ ظَهِيرًا لِّلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen o`zingga kitob tushirilishidan umidvor ham emas eding. Illo, Robbing rahmati bo`lib (tushdi). Bas, hargiz kofirlarga yordamchi bo`lma.Сен ўзингга китоб туширилишидан умидвор ҳам эмас эдинг. Илло, Роббинг раҳмати бўлиб (тушди). Бас, ҳаргиз кофирларга ёрдамчи бўлма.Alauddin Mansour: Siz oʻzingizga Kitob — Qurʼon tushirilishidan umidvor ham boʻlgan emasdingiz. Faqat Parvardigoringiz tomonidan rahmat-marhamat boʻlib (sizga Qurʼon nozil qilindi). Bas, siz hargiz kofir kimsalarga yordamchi boʻlmang!Сиз ўзингизга Китоб — Қуръон туширилишидан умидвор ҳам бўлган эмасдингиз. Фақат Парвардигорингиз томонидан раҳмат-марҳамат бўлиб (сизга Қуръон нозил қилинди). Бас, сиз ҳаргиз кофир кимсаларга ёрдамчи бўлманг!

396-sahifa · 20-juz · 40-hizb396-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكُنتَedingэдингتَرْجُوٓا۟umidvorумидворأَنkiкиيُلْقَىٰٓtushirilishiтуширилишиإِلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبُkitobкитобإِلَّاilloиллоرَحْمَةًۭrahmati boʻlibраҳмати бўлибمِّن-dan-данرَّبِّكَ ۖRobbingРоббингفَلَاbas, hargizбас, ҳаргизتَكُونَنَّboʻlmaбўлмаظَهِيرًۭاyordamchiёрдамчиلِّلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларга
TafsirТафсир

Seni Qurʼon haqida ayblashmoqda. Aslida, sen oʻzingga ilohiy kitob tushishini oʻylab ham koʻrmagan eding. Unga ega boʻlish uchun urinmagan ham eding. Ammo Alloh Oʻz rahmatidan senga Qurʼonni tushirdi. Bu ish sening xohishing bilan emas, balki Allohning xohishi bilan boʻldi. Kofirlar esa, bunga qarshi chiqmoqdalar. Sen ularga hech qachon yordamchi boʻlmagin.