إِنَّ ٱلَّذِى فَرَضَ عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لَرَآدُّكَ إِلَىٰ مَعَادٍ ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ مَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ وَمَنْ هُوَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga Qur'onni farz qilgan Zot, albatta, seni qaytar joyga qaytarguvchidir. Sen: «Robbim hidoyat keltirgan shaxsni ham va ochiq-oydin gumrohlikdagi shaxsni ham yaxshi bilguvchidir», deb ayt.Сенга Қуръонни фарз қилган Зот, албатта, сени қайтар жойга қайтаргувчидир. Сен: «Роббим ҳидоят келтирган шахсни ҳам ва очиқ-ойдин гумроҳликдаги шахсни ҳам яхши билгувчидир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta sizga (ushbu) Qurʼonni (yaʼni, uni tilovat qilishni unga amal qilishni va uni ummatlaringizga (yetkazishni) farz qilgan zot, shak-shubhasiz, sizni bir qaytadigan joyga (Makkaga) qaytarguvchidir. (Mushriklarga) ayting: «Parvardigorim, hidoyat keltirgan kishilarni ham, ochiq-ravshan zalolatdagi kimsalarni ham juda yaxshi bilguvchidir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), албатта сизга (ушбу) Қуръонни (яъни, уни тиловат қилишни унга амал қилишни ва уни умматларингизга (етказишни) фарз қилган зот, шак-шубҳасиз, сизни бир қайтадиган жойга (Маккага) қайтаргувчидир. (Мушрикларга) айтинг: «Парвардигорим, ҳидоят келтирган кишиларни ҳам, очиқ-равшан залолатдаги кимсаларни ҳам жуда яхши билгувчидир».
Ey Paygʻambarim, sen ona yurtingdan hijrat qilib ketishga majbur boʻlayotganingdan oʻkinma. Senga Qurʼon tilovati va unga amal qilishni farz qilgan zot–Alloh, albatta, seni qaytar joyga–Makkaga yana qaytarguvchidir. Muso alayhissalomning ham oʻz yurtidan chiqib ketishga majbur boʻlganini esla. U ham bir kuni yurtiga yana qaytib borganini, zolimlar ustidan gʻolib kelganini esla. Sen ham bugun chiqib ketmoqdasan, ammo senga Qurʼonni farz qilgan Zot seni bir kun yana oʻz yurtingga qaytarajak, seni dushmanlar ustidan gʻolib qilajak. Ushbu haqiqatlarni yaxshi tushunib olgin va:
«Robbim hidoyat keltirgan shaxsni ham va ochiq-oydin gumrohlikdagi shaxsni ham yaxshi bilguvchidir», deb aytgin-da, ketavergin.
Sen yoʻlingda ketaver, bu yogʻini Qurʼonni farz qilgan Zotga qoʻyib qoʻy.