QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят84

مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيْرٌ مِّنْهَا ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَى ٱلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim bir yaxshilik keltirsa, unga undan ko`ra xayrliroq (mukofot) bor. Kim bir yomonlik keltirsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar.Ким бир яхшилик келтирса, унга ундан кўра хайрлироқ (мукофот) бор. Ким бир ёмонлик келтирса, ёмонлик қилганлар фақат қилганларига яраша жазоланурлар.Alauddin Mansour: Kim yaxshilik bilan kelsa, bas, uning uchun (qilgan yaxshiligidan) yaxshiroq (mukofot boʻlur). Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yomonliklar qilgan kimsalar faqat oʻzlari qilgan yomonliklari bilangina jazolanadilar.Ким яхшилик билан келса, бас, унинг учун (қилган яхшилигидан) яхшироқ (мукофот бўлур). Ким ёмонлик билан келса, бас, ёмонликлар қилган кимсалар фақат ўзлари қилган ёмонликлари билангина жазоланадилар.

395-sahifa · 20-juz · 40-hizb395-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَنkimкимجَآءَkeltirsaкелтирсаبِٱلْحَسَنَةِbir yaxshilikбир яхшиликفَلَهُۥunga borунга борخَيْرٌۭxayrliroq (mukofot)хайрлироқ (мукофот)مِّنْهَا ۖundan koʻraундан кўраوَمَنva kimва кимجَآءَkeltirsaкелтирсаبِٱلسَّيِّئَةِbir yomonlikбир ёмонликفَلَاbas, emasбас, эмасيُجْزَىjazolanurlarжазоланурларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларعَمِلُوا۟qilganқилганٱلسَّيِّـَٔاتِyomonliklarniёмонликларниإِلَّاfaqatфақатمَاnarsaga yarashaнарсага ярашаكَانُوا۟ularуларيَعْمَلُونَqiladiganқиладиган
TafsirТафсир

Yaʼni, yaxshilikning savobi koʻpaytirib beriladi. Yomonlik esa, oʻz holicha jazoga tortiladi. U koʻpaytirilmaydi.

Shu bilan qissalar ham, ularga qilingan taʼliqlar ham tamom boʻldi. Surai karimaning soʻngida Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli va vaʼdalar beradi. Ul zot umrlaridagi eng mashaqqatli kunlarni kechirayotgan bir davrda tushgan bu oyatlar dardlariga malham boʻlgani aniq. Ushbu kelajak oyatlar kofir va mushriklarning zulmi haddan oshganda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam sevgan yurtlari Makkai Mukarramadan Madiynai Munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida, Makkadan chiqaverishdagi Juhfa nomli joyga yetganlarida nozil boʻlgandir.

Ey Muhammad!