تِلْكَ ٱلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ نَجْعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوًّا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فَسَادًا ۚ وَٱلْعَـٰقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz o`sha oxirat diyorini yer yuzida takabburlik va buzg`unchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir.Биз ўша охират диёрини ер юзида такаббурлик ва бузғунчиликни истамайдиганлар учун қилурмиз. Оқибат тақводорларникидир.Alauddin Mansour: Biz oʻsha Oxirat diyorini Yer yuzida zulmu-zoʻravonlik va buzgʻunchilik qilishni istmaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi kishilarnikidir.Биз ўша Охират диёрини Ер юзида зулму-зўравонлик ва бузғунчилик қилишни истмайдиган кишилар учун қилурмиз. Оқибат тақво қилгувчи кишиларникидир.
Oʻsha, ilmlilar aytgan oxirat diyorini yer yuzida Qorun kabi takabburlik va buzgʻunchilik qilmaganlar, ularning yer yuzida boʻlishini istamaydiganlarga beramiz. Kim taqvodor boʻlsa, oqibat yaxshi boʻladi.