QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят82

وَأَصْبَحَ ٱلَّذِينَ تَمَنَّوْا۟ مَكَانَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ ۖ لَوْلَآ أَن مَّنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيْكَأَنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan O`zi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga o`xshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga o`xshaydi-ku!» deyishga o`tdilar.Ва кечагина унинг маконини орзу қилаётганлар: «Воажаб, Аллоҳ бандаларидан Ўзи хоҳлаганларига ризқини кенг ёки тор қиладиганга ўхшайдир. Агар Аллоҳ бизга лутф қилмаганида, бизни ҳам ерга юттирар эди. Воажаб, кофирлар нажот топмайдиганга ўхшайди-ку!» дейишга ўтдилар.Alauddin Mansour: Va kuni kecha uning martabasini orzu qilgan kimsalar: «Voajab, Alloh bandalaridan Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib (Oʻzi xohlagan bandalarining rizqini) tang qilib berar ekan-da. Agar Alloh bizlarga marhamat qilmaganida, bizlarni ham (yerga) yutdirgan boʻlur edi. Voajab, kofir boʻlgan kimsalar najot topmas ekan-da», deb qoldilar.Ва куни кеча унинг мартабасини орзу қилган кимсалар: «Воажаб, Аллоҳ бандаларидан Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилиб (Ўзи хоҳлаган бандаларининг ризқини) танг қилиб берар экан-да. Агар Аллоҳ бизларга марҳамат қилмаганида, бизларни ҳам (ерга) ютдирган бўлур эди. Воажаб, кофир бўлган кимсалар нажот топмас экан-да», деб қолдилар.

395-sahifa · 20-juz · 40-hizb395-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَصْبَحَva boʻlib qoldilarва бўлиб қолдиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларتَمَنَّوْا۟orzu qilayotganорзу қилаётганمَكَانَهُۥuning makoniniунинг макониниبِٱلْأَمْسِkechaginaкечагинаيَقُولُونَdeyishgaдейишгаوَيْكَأَنَّvoajab, goʻyokiвоажаб, гўёкиٱللَّهَAllohАллоҳيَبْسُطُkeng qiladiкенг қиладиٱلرِّزْقَrizqniризқниلِمَنkimgaкимгаيَشَآءُOʻzi xohlasaЎзи хоҳласаمِنْ-dan-данعِبَادِهِۦbandalariбандалариوَيَقْدِرُ ۖva tor qiladiва тор қиладиلَوْلَآagar boʻlmaganidaагар бўлмаганидаأَنkiкиمَّنَّlutf qilganiлутф қилганиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْنَاbizgaбизгаلَخَسَفَalbatta yerga yutgizar ediалбатта ерга ютгизар эдиبِنَا ۖbizniбизниوَيْكَأَنَّهُۥvoajab, goʻyoki uвоажаб, гўёки уلَاemasэмасيُفْلِحُnajot topurнажот топурٱلْكَـٰفِرُونَkofirlarкофирлар
TafsirТафсир

Hayoti dunyoga berilgan gʻofillarning koʻzi shunga oʻxshash falokatlar vaqtida ochilishi mumkin. Qorunni va uning hovli-joyini yer yutganidan keyingina unga havas qilayotgan odamlarning, hayoti dunyo ixlosmandlarining koʻzi ochildi. Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar:

«Voajab, Alloh bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga oʻxshaydir», deyishga oʻtdilar.

Alloh taolo odamlarning shaxsiga qarab emas, oʻzi bilgan hikmatga binoan, birovga koʻp, birovga oz rizq berishini tushunib yetdilar. Qorunga ham molu dunyo uning ilmi tufayli emas, Allohning xohishi va hikmati ila berilganini angladilar. Molu dunyo kishining fazli, martabasi boʻla olmasligini bildilar.

«Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi.»

Kechagina molu dunyo talabida yurishgan edi, bugun molu dunyodan mahrum boʻlganliklarini Allohning lutfi deb tushunadigan boʻlib qoldilar.

«Voajab, kofirlar najot topmaydiganga oʻxshaydi-ku!» deyishga oʻtdilar.»

Demak, najot topmaslikning asosiy sababi kofirlikdir, faqirlik emas.

Shunday qilib, siyosiy istibdod bilan boʻlgan kurashdagi kabi, iqtisodiy istibdod bilan kurashda ham iymon tarafi yutib chiqdi.

Endi qissaga xotima yasaladi: