فَخَسَفْنَا بِهِۦ وَبِدَارِهِ ٱلْأَرْضَ فَمَا كَانَ لَهُۥ مِن فِئَةٍ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُنتَصِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni va uning hovli-joyini yerga yuttirdik. Unga Alloh(azobi)dan yordam beradigan guruh ham bo`lmadi, uning o`zi nusratga erishguvchilardan ham bo`lmadi.Бас, Биз уни ва унинг ҳовли-жойини ерга юттирдик. Унга Аллоҳ(азоби)дан ёрдам берадиган гуруҳ ҳам бўлмади, унинг ўзи нусратга эришгувчилардан ҳам бўлмади.Alauddin Mansour: Bas, Biz (Qorunni) ham, uning hovli-joyini ham (yerga) yutdirdik. Soʻng uning uchun Allohdan yordam beradigan oʻzga biron jamoat boʻlmadi va uning oʻzi ham gʻoliblardan boʻlmadi.Бас, Биз (Қорунни) ҳам, унинг ҳовли-жойини ҳам (ерга) ютдирдик. Сўнг унинг учун Аллоҳдан ёрдам берадиган ўзга бирон жамоат бўлмади ва унинг ўзи ҳам ғолиблардан бўлмади.
Hammasi oddiygina tugadi. Qorunni ham, hovli-joyini ham yer yutdi-qoʻydi. Qorun ham, uning boyliklari ham, kibru havosi ham yoʻq boʻldi-ketdi. Qorunga Allohning azobi kelganida unga yordam beruvchi topilmadi. Uning oʻzi ham ilmi ila, molu dunyosi ila oʻzini qutqarib qola olmadi.