QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят80

وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ ٱللَّهِ خَيْرٌ لِّمَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا وَلَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلصَّـٰبِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ilm berilganlar esa: «Voy bo`lsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir. Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar.Илм берилганлар эса: «Вой бўлсин сизларга! Иймон келтириб, солиҳ амалларни қилганлар учун Аллоҳнинг савоби яхшидир. Унга фақат сабр қилганларгина эришурлар», дедилар.Alauddin Mansour: Ilm-maʼfirat ato etilgan kishilar esa: «Oʻlim boʻlsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku! U (savobga) faqat sabr-qanoatli kishilargina erishurlar», dedilar.Илм-маъфират ато этилган кишилар эса: «Ўлим бўлсин сизларга! Иймон келтирган ва яхши амал қилган киши учун Аллоҳ берадиган ажр-савоб яхшироқ-ку! У (савобга) фақат сабр-қаноатли кишиларгина эришурлар», дедилар.

395-sahifa · 20-juz · 40-hizb395-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларأُوتُوا۟berilganберилганٱلْعِلْمَilmилмوَيْلَكُمْvoy boʻlsin sizlargaвой бўлсин сизларгаثَوَابُsavobiсавобиٱللَّهِAllohningАллоҳнингخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلِّمَنْkimki uchunкимки учунءَامَنَiymon keltirsaиймон келтирсаوَعَمِلَva amal qilsaва амал қилсаصَـٰلِحًۭاsolihсолиҳوَلَاva emasва эмасيُلَقَّىٰهَآunga erishurунга эришурإِلَّاfaqatфақатٱلصَّـٰبِرُونَsabr qilganlarginaсабр қилганларгина
TafsirТафсир

Doimo, hamma jamiyatlarda modda tugʻyonidan ustun tura oladigan, uning hoyi-havasiga uchmaydigan, moddiy boylikning hayotdagi oʻrnini toʻgʻri baholay oladigan kishilar ham boʻladi. Ular bu mavqiflarida oʻzlariga berilgan toʻgʻri ilmga asoslanadilar. Ular molu dunyo fitnasiga uchmaydilar. Boyu badavlat buzgʻunchilarning zebu ziynatlariga havas qilmaydilar. Aksincha, zebu ziynatga berilganlarga nasihat qilib yuradilar.

«Ilm berilganlar esa: «Voy boʻlsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir.»

Bu dunyoda hoyi-havasga, zebu ziynatga sabab boʻladigan molu mulkdan koʻra, Alloh taolo iymon va amali solih uchun beradigan savob yaxshi ekanini odamlarga eslatib turadilar. Kishilarni iymonga, amali solihga chaqiradilar. Allohning savobiga erishish uchun sabr-chidam zarurligini ham aytadilar.

«Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar.»

Ha, Allohning savobiga erishish uchun sabr-bardosh kerak. Iymonli boʻlish qiyinchiliklariga va solih amallar yoʻlidagi toʻsiqlarga hamda bu dunyo zebu ziynatlaridan oʻzini tiyish yoʻlidagi mashaqqatlarga sabr qilish kerak. Molu dunyo fitnasiga uchmaslik lozim. Ana oʻshandagina Alloh taoloning savobiga erishiladi.

Qorun qavmida ham ilmli kishilar bor edi. Ular oʻz vazifalarini ado etdilar. Avval Qorunga, soʻngra unga havas qilayotgan kishilarga nasihat qildilar. Bir tomonda, molu dunyo bilan gʻururlanishning, tugʻyonga ketishning choʻqqisiga chiqib olgan Qorun. Ikkinchi tomonda, uning qavmidan boʻlgan, hayoti dunyoni xohlaydiganlar. Ular, qani endi bizda ham Qorunga berilgan molu mulk boʻlsa edi, deb havas qilib turibdi. Uchinchi tomonda esa, ilm berilganlar. Ular, Allohning savobi yaxshiroq, demoqdalar. Endi xotima, ajrim qiluvchi holat ham kerak. Shunday boʻldi ham: