QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят79

فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ فِى زِينَتِهِۦ ۖ قَالَ ٱلَّذِينَ يُرِيدُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا يَـٰلَيْتَ لَنَا مِثْلَ مَآ أُوتِىَ قَـٰرُونُ إِنَّهُۥ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan bo`lsa edi. Haqiqatan, u ulug` nasiba egasidir», dedilar.Бас, у (Қорун) қавми ҳузурига зебу зийнати ила чиқди. Ҳаёти дунёни хоҳлайдиганлар: «Қани энди бизга ҳам Қорунга берилган нарсадан бўлса эди. Ҳақиқатан, у улуғ насиба эгасидир», дедилар.Alauddin Mansour: Soʻng, (Qorun) qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, hayoti dunyoni istaydigan kimsalar: «Ex, qani edi bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu-davlat boʻlsa edi. Darhaqiqat, u ulugʻ nasiba egasidir», dedilar.Сўнг, (Қорун) қавми олдига ясан-тусан қилиб чиққан эди, ҳаёти дунёни истайдиган кимсалар: «Эх, қани эди бизлар учун ҳам Қорунга ато этилган молу-давлат бўлса эди. Дарҳақиқат, у улуғ насиба эгасидир», дедилар.

395-sahifa · 20-juz · 40-hizb395-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَخَرَجَbas, chiqdiбас, чиқдиعَلَىٰhuzurigaҳузуригаقَوْمِهِۦqavmiқавмиفِىilaилаزِينَتِهِۦ ۖzebu ziynatiзебу зийнатиقَالَdedilarдедиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларيُرِيدُونَxohlaydiganхоҳлайдиганٱلْحَيَوٰةَhayotniҳаётниٱلدُّنْيَاdunyoдунёيَـٰلَيْتَqani endiқани эндиلَنَاbizga hamбизга ҳамمِثْلَoʻxshashўхшашمَآnarsadanнарсаданأُوتِىَberilganберилганقَـٰرُونُQorungaҚорунгаإِنَّهُۥhaqiqatda uҳақиқатда уلَذُوalbatta egasidirалбатта эгасидирحَظٍّnasibaнасибаعَظِيمٍۢulugʻулуғ
TafsirТафсир

Oʻz qavmining insofli, bilimli odamlarining nasihatiga quloq osmagan, mol-dunyosi takabbur va tugʻyonga ketkazgan Qorun boyligi bilan faxrlanishda davom etdi:

«Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi».

Qorunga oʻxshagan boylarning umumiy odati shu. Takabburlikka berilib, molu dunyosi bilan faxrlanuvchi boy doimo insonlar orasiga zebu ziynati bilan chiqishga harakat qiladi. Ular odamlardan oʻz kiyimlari, markablari, yurishlari, xizmatkorlarining koʻrinishlari va boshqa narsalari bilan ajralib turishni istaydilar. Bunday boylar nima qilib boʻlsa ham, odamlarni oʻz zebu ziynatlari bilan qoyil qoldirishga harakat qiladilar. Qisman maqsadlariga erishadilar ham. Baʼzi bir kishilar ularga havas qilishadi, koʻngillaridan har xil fikrlarni oʻtkazishadi, turli gaplarni aytishadi. Qorun qavmi ichiga zebu ziynati ila chiqqanida ham shunday boʻldi.

«Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan boʻlsa edi. Haqiqatan, u ulugʻ nasiba egasidir», dedilar.»

Molu dunyosiga ishonib mutakabbirlik bilan gʻururga ketgan, dunyoda buzgʻunchilik qilishga uringan noshukr odamga faqat bu dunyo hayotini oʻylaydigan kishilargina havas qilishi mumkin. Ushbu dunyoning besh kunlik matohiga erishishdan boshqa maqsadi yoʻqlargina oʻsha tugʻyonkor, buzgʻunchi kimsaga oʻxshagan boʻlishni orzu qilishi mumkin. Ana oʻshalargina gʻururga ketgan mazkur mutakabbirni «ulugʻ nasiba egasi» deyishi mumkin.

Ammo oʻzini tanigan bilim egalari umuman boshqacha fikrda boʻladilar.