قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍ عِندِىٓ ۚ أَوَلَمْ يَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَهْلَكَ مِن قَبْلِهِۦ مِنَ ٱلْقُرُونِ مَنْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُ قُوَّةً وَأَكْثَرُ جَمْعًا ۚ وَلَا يُسْـَٔلُ عَن ذُنُوبِهِمُ ٱلْمُجْرِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Qorun): «Menga u faqat o`zimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi. Alloh undan oldingi asrlarda undan ko`ra quvvatliroq, undan ko`ra ko`proq (mol) to`plaganlarni(ham) albatta halok etganini u bilmasmidi?! Gunohkorlardan gunohlari haqida so`rab o`tirilmas.У (Қорун): «Менга у фақат ўзимдаги илм туфайлигина берилгандир», деди. Аллоҳ ундан олдинги асрларда ундан кўра қувватлироқ, ундан кўра кўпроқ (мол) тўплаганларни(ҳам) албатта ҳалок этганини у билмасмиди?! Гуноҳкорлардан гуноҳлари ҳақида сўраб ўтирилмас.Alauddin Mansour: U: «Menga (bor molu-davlatim) faqat oʻzimdagi bilim sababligina ato etilgandir, (bas, hech kim uni mendan tortib ololmas»), dedi. Axir u oʻzidan avvalgi asrlar-avlodlardan, undan koʻra quvvatliroq va jamgʻarmasi ham koʻproq (qanchadan-qancha) kimsalarni Alloh halok qilganini bilmasmi?! U jinoyatchi kimsalardan gunohlari haqida soʻralmas ham, (balki ular hech qanday soʻroq-savolsiz doʻzaxga tashlanurlar)!У: «Менга (бор молу-давлатим) фақат ўзимдаги билим сабаблигина ато этилгандир, (бас, ҳеч ким уни мендан тортиб ололмас»), деди. Ахир у ўзидан аввалги асрлар-авлодлардан, ундан кўра қувватлироқ ва жамғармаси ҳам кўпроқ (қанчадан-қанча) кимсаларни Аллоҳ ҳалок қилганини билмасми?! У жиноятчи кимсалардан гуноҳлари ҳақида сўралмас ҳам, (балки улар ҳеч қандай сўроқ-саволсиз дўзахга ташланурлар)!
Dunyodagi koʻplab molu dunyo sohiblari kabi, Qorun ham boyligiga oʻz nazari bilan qarar edi. Bu molu mulk menga ilmim tufayli berildi, men oʻzimdagi qobiliyatni, ilmni ishga solib mol topdim, endi qanday qilib sarflashni ham oʻzim bilaman, deb oʻylar edi. Musulmon boʻlmagan boylarning barchalari doimo xuddi shunday oʻylaydilar. Shuning uchun ham, ular tugʻyonga ketadilar, boshqalar ustidan takabburlik qiladilar. Yer yuzida buzgʻunchilik sodir etadilar.
Islom xususiy mulkchilikka keng yoʻl ochib beradi, kishilardagi mol-mulk topish ragʻbatini qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo mol-mulk doimo halol-pok yoʻl bilan topilishini taʼkidlaydi va tekshiradi. Shuningdek, topilgan mol-mulkni halol-pok yoʻlda sarflash zarurligini ham qattiq tayinlaydi. Mol-mulk egasini tugʻyondan, takabburlikdan va yer yuzida buzgʻunchilik qilishdan qaytaradi.
Qissada tilga olingan Qorun yer yuzida buzgʻunchilik qiladigan mulkdor boylardan edi.
«U (Qorun): «Menga u faqat oʻzimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi.»
Yaʼni, menga mol-dunyo faqat ilmim tufayli keldi. Uni men topdim. Sizlarning menga molni qanday sarflashim haqida maslahat berishingiz nimasi? Nima qilishni oʻzim bilaman.
Uning bu gʻururi tanqid qilinib, unga oʻzini sal bosib olish, oʻtgan boylar ahvoliga bir nazar solish kerakligi eslatildi.
«Alloh undan oldingi asrlarda undan koʻra quvvatliroq, undan koʻra koʻproq (mol) toʻplaganlarni(ham) albatta halok etganini u bilmasmidi?!»
U, oʻzicha, molu dunyo bilan xohlagan ishni qilaman, deb oʻylayotgan boʻlsa kerak. Yoʻq, Allohning irodasi bilan Uning azobi kelganda, davlati qancha koʻp boʻlmasin, hech kimni molu dunyosi halokatdan toʻsib qola olmaydi. Qorundan oldingi asrlarda oʻtgan turli boylarni Alloh taolo halok qilgan. Oʻsha boylar Qorundan koʻra koʻproq molu mulk toʻplagan edilar. Ammo tugʻyonga ketib, takabburlik qilganlari uchun halokatga uchradilar. Ularni halok qilgan Alloh Qorunni ham yoʻqotishi hech gap emas.
«Gunohkorlardan gunohlari haqida soʻrab oʻtirilmas.»
Ha, Qorunga oʻxshaganlarni soʻrab-surishtirib oʻtirmay, halok qilib yuborilaveradi.