QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят77

وَٱبْتَغِ فِيمَآ ءَاتَىٰكَ ٱللَّهُ ٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ ٱلدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِن كَمَآ أَحْسَنَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ۖ وَلَا تَبْغِ ٱلْفَسَادَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg`unchilikni izlama. Albatta, Alloh buzg`unchilarni suymas», dedilar.Ва Аллоҳ сенга берган нарса билан охиратни излагин, бу дунёдаги насибангни ҳам унутма. Аллоҳ сенга яхшилик қилганидек, сен ҳам яхшилик қил. Ер юзида бузғунчиликни излама. Албатта, Аллоҳ бузғунчиларни суймас», дедилар.Alauddin Mansour: Va Alloh senga ato etgan mol-davlat bilan (avvalo) Oxirat (obodligini) istagin va dunyodan boʻlgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (Allohning bandalariga) infoq-ehson qil. Yerda (zulmu-zoʻravonlik bilan) buzgʻunchilik qilishga urinma. Chunki Alloh buzgʻunchi kimsalarni suymas», deganlarida.Ва Аллоҳ сенга ато этган мол-давлат билан (аввало) Охират (ободлигини) истагин ва дунёдан бўлган насибангни ҳам унутмагин. Аллоҳ сенга эҳсон қилгани каби сен ҳам (Аллоҳнинг бандаларига) инфоқ-эҳсон қил. Ерда (зулму-зўравонлик билан) бузғунчилик қилишга уринма. Чунки Аллоҳ бузғунчи кимсаларни суймас», деганларида.

394-sahifa · 20-juz · 40-hizb394-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱبْتَغِva izlaва излаفِيمَآnarsa bilanнарса биланءَاتَىٰكَsenga berganсенга берганٱللَّهُAllohАллоҳٱلدَّارَdiyorniдиёрниٱلْـَٔاخِرَةَ ۖoxiratохиратوَلَاva emasва эмасتَنسَunutунутنَصِيبَكَnasibangniнасибангниمِنَ-dan-данٱلدُّنْيَا ۖbu dunyoбу дунёوَأَحْسِنva yaxshilik qilва яхшилик қилكَمَآxuddi ...dekхудди ...декأَحْسَنَyaxshilik qilganяхшилик қилганٱللَّهُAllohАллоҳإِلَيْكَ ۖsengaсенгаوَلَاva emasва эмасتَبْغِizlaизлаٱلْفَسَادَbuzgʻunchilikniбузғунчиликниفِى-da-даٱلْأَرْضِ ۖyer yuziер юзиإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيُحِبُّsuyarсуярٱلْمُفْسِدِينَbuzgʻunchilarniбузғунчиларни
TafsirТафсир

Alloh taolo bergan molu dunyoga qanday munosabatda boʻlish kerakligi ushbu oyati karimada oʻz aksini topgan. Musulmon banda qoʻliga molu dunyo tushganda oʻzini xuddi shu oyatga mos tutmogʻi lozim.

«Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin...»

Musulmon odam, avvalo, Alloh bergan molu dunyo bilan oxiratni izlashga intiladi. Yaʼni, molu mulkini shariatda koʻrsatilgan, oxiratda foyda beradigan joylarga sarflaydi. Harom-xarish, gunoh, fisqu fujur va behuda ishlarga sarf etmaydi. Chunki, behuda ishlarga sarflangan molu dunyo bu dunyoda ham, u dunyoda ham foyda bermaydi. Aksincha, ikki dunyoda ham ziyon keltiradi. Lekin musulmon odam oxiratni oʻylab, bu dunyosini tark qilib, unutib ham yubormaydi.

«...bu dunyodagi nasibangni ham unutma.»

Bu dunyoda ham yaxshi yashab, Alloh bergan molu dunyodan halol yoʻl bilan, takabburlik qilmay foydalanadi. Chunki, Alloh taolo halol- pok rizqlarni bandalar foyda, huzur va lazzat olishlari, soʻngra ularni bergan Zotga shukr qilishlari uchun yaratgan. Ana shunda tavozuʼli, shirin va baxtli-saodatli holga erishiladi.

«Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil.»

Halol-pok molu dunyo Allohning bandasiga bergan hadyasi va yaxshiligidir. Oʻsha ilohiy neʼmatdan bahramand boʻlgan har bir banda boshqa odamlarga ham yaxshilik qilishi kerak. Turli sabablarga koʻra noqulay iqtisodiy holatga tushib qolgan birodarlariga yordam berishi, beva-bechora, faqir-miskinlarning holidan xabar olishi, musulmonlar manfaati yoʻlida xayru ehsonlar qilishi shu jumladagi ishlar qatoriga kiradi.

«Yer yuzida buzgʻunchilikni izlama. Albatta, Alloh buzgʻunchilarni suymas.»

Molu dunyoga quvonib, unga ishonib, buzgʻunchilikka–fasod ishlarga berilish hech toʻgʻri kelmaydi. Alloh buzgʻunchilarni xush koʻrmaydi. Shuning uchun, ular ikki dunyoda xoru zor boʻladilar.

Ammo molu dunyo qoʻliga tushgan odamlarda dindorlik, taqvo boʻlmasa, hovliqib ketadilar, darrov buzgʻunchilik qilishga kirishadilar. Qorun ham oʻshanday nafsi buzuq, nasihat kor qilmaydigan, molu dunyo quturtirgan odamlardan edi.

U oʻz qavmining nasihatlarini quloqqa olmadi.