۞ إِنَّ قَـٰرُونَ كَانَ مِن قَوْمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيْهِمْ ۖ وَءَاتَيْنَـٰهُ مِنَ ٱلْكُنُوزِ مَآ إِنَّ مَفَاتِحَهُۥ لَتَنُوٓأُ بِٱلْعُصْبَةِ أُو۟لِى ٱلْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُۥ قَوْمُهُۥ لَا تَفْرَحْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْفَرِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Qorun Muso qavmidan bo`lib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham og`irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. O`shanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas.Албатта, Қорун Мусо қавмидан бўлиб, уларга такаббурлик қилди. Биз унга калитлари бир гуруҳ қувватлиларга ҳам оғирлик қиладиган хазиналарни берган эдик. Ўшанда қавми унга: «Ҳовлиқма, албатта, Аллоҳ ҳовлиққанларни суймас.Alauddin Mansour: Albatta, Qorun oʻzi Muso qavmidan edi. Bas, u (qavmdoshlariga) kibru-havo qildi. Biz unga xazina-dafinalardan kalitlari(ni koʻtarib yurishning oʻzi) kuch-quvvat egalari boʻlgan bir jamoatga ham ogʻirliq qiladigan narsalarni ato etgan edik. Oʻshanda qavmdoshlari unga: «Xovliqmagin, chunki Alloh hovliqma kimsalarni suymas.Албатта, Қорун ўзи Мусо қавмидан эди. Бас, у (қавмдошларига) кибру-ҳаво қилди. Биз унга хазина-дафиналардан калитлари(ни кўтариб юришнинг ўзи) куч-қувват эгалари бўлган бир жамоатга ҳам оғирлиқ қиладиган нарсаларни ато этган эдик. Ўшанда қавмдошлари унга: «Ховлиқмагин, чунки Аллоҳ ҳовлиқма кимсаларни суймас.
Qurʼoni Karim Qorunning tarjimai holi bilan mashgʻul boʻlmaydi. Uning qachon oʻtgani haqida ham xabar bermaydi. Balki Qorun qissasidan odamlarga asrlar osha ibrat boʻladigan joyini keltiradi. Shuning oʻzi kifoya.
«Albatta, Qorun Muso qavmidan boʻlib, ularga takabburlik qildi.»
Demak, Qorun Muso alayhissalomning qavmlaridan, yaʼni, Bani Isroil qavmidan boʻlib, qavmiga takabburlik qilgan. Qorunning takabburligi sababini keyingi jumladan bilamiz.
«Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham ogʻirlik qiladigan xazinalarni bergan edik.»
Qorun katta boylikka uchib, qavmiga takabburlik qildi. Molu mulki shu darajada koʻp ediki, xazinalarining kalitlarini koʻtarish bir toʻda kuchli odamlarga ham ogʻirlik qilar edi. Oʻsha vaqtda shunchalik molga egalik uni hovliqtirib yuboradi. Shu sababli, oʻz qavmiga takabburlik qiladi.
«Oʻshanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas», dedilar.
Molu mulkka berilib, hovliqib ketish yaxshilikka olib kelmaydi. Molu dunyoga berilgan kishi odamlarni, yaxshilikni, hatto Allohni ham yodidan chiqaradi. Uning butun vujudi, fikri-zikri mol bilan mashgʻul boʻlib qoladi. Hamma narsani molu mulk bilan oʻlchaydigan holga keladi. Bunday kishilarni esa, albatta, Alloh suymaydi.
Qavm Qorunga nasihat qilishda davom etdi: