وَنَزَعْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا فَقُلْنَا هَاتُوا۟ بُرْهَـٰنَكُمْ فَعَلِمُوٓا۟ أَنَّ ٱلْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va o`zlari uydirib yurgan narsalari g`oyib bo`lur.Ва ҳар бир умматдан бир шоҳид чиқариб: «Ҳужжатларингизни келтиринг!» дегаймиз. Бас, улар ҳақ Аллоҳга эканини билурлар ва ўзлари уйдириб юрган нарсалари ғойиб бўлур.Alauddin Mansour: Biz (u kunda) har bir ummatdan bir guvohni (yaʼni, paygʻambarni) chiqarib, (ularga «Alloh yolgʻiz emas», deb keltirgan shirklaringiz haq boʻlsa qani) hujjat-dalillaringizni keltiringlar-chi», dedik. Bas, ular (xudolik) haqqi-huquqi (yolgʻiz Allohniki ekanini) bildilar va oʻzlari toʻqib olgan «xudolari» esa ulardan gʻoyib boʻldi.Биз (у кунда) ҳар бир умматдан бир гувоҳни (яъни, пайғамбарни) чиқариб, (уларга «Аллоҳ ёлғиз эмас», деб келтирган ширкларингиз ҳақ бўлса қани) ҳужжат-далилларингизни келтиринглар-чи», дедик. Бас, улар (худолик) ҳаққи-ҳуқуқи (ёлғиз Аллоҳники эканини) билдилар ва ўзлари тўқиб олган «худолари» эса улардан ғойиб бўлди.
Qiyomat kunida Alloh taolo har ummatning Paygʻambarini guvoh sifatida chiqarib olib, ummatlarga, Mening «sherigim» borligi haqida qilgan daʼvolaringizga hujjatlaringizni keltiring, deydi. Shu vaqtda odamlar:
«...haq Allohga ekanini bilurlar...»
Haqiqat butunlay Alloh taologa oid ekanini tushunib yetadilar.
«....va oʻzlari uydirib yurgan narsalari gʻoyib boʻlur.»
Yaʼni, oʻzlari oʻylab topgan soxta xudolari gʻoyib boʻlib qoladi. Ana oʻshanda sharmandalari chiqadi.
Dunyodagi koʻpgina balo-ofatlar sababchisi boʻlgan siyosiy istibdod haqidagi qissa va unga tegishli oyatlar tamom boʻlganidan keyin, endi, tugʻyonga ketgan iqtisodiy buzgʻunchilik, iqtisodiy istibdod haqidagi qissa va unga tegishli oyatlar keladi. Islom siyosiy istibdod va zoʻrovonlikka qarshi boʻlganidek, iqtisodiy istibdod va zoʻravonlikni ham qoralaydi.
Molu dunyoni yaxshi yoki yomon deb sifatlash mumkin emas. Avvalo, uni ishlatish yoʻliga qarash lozim boʻladi. Bu holatni qaroqchining qoʻlidagi qurolning xizmati bilan askarning qoʻlidagi qurolning xizmatiga qiyoslash mumkin: biri qaroqchilik uchun, ikkinchisi vatan himoyasi yoʻlida ishlatiladi.
Keyingi oyatlar majmuasi katta miqdordagi molu dunyo egasi boʻlmish Qorun ismli shaxsning qissasi bilan boshlanadi: