Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
الٓمٓ ﴿١﴾
Alif. Laam. Miym.
أَحَسِبَ ٱلنَّاسُ أَن يُتْرَكُوٓا۟ أَن يَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ ﴿٢﴾
Odamlar «iymon keltirdik» deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini o'yladilarmi?
وَلَقَدْ فَتَنَّا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْكَـٰذِبِينَ ﴿٣﴾
Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan o'tkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bo'lganlarni ham bilajak, yolg'onchilarni ham bilajak.
أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَسْبِقُونَا ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ ﴿٤﴾
Yoki yomonliklarni qiladiganlar bizdan qochib qutulishni o'ylaydilarmi? Qilgan hukmlari qanday ham yomon-a?!
مَن كَانَ يَرْجُوا۟ لِقَآءَ ٱللَّهِ فَإِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ لَـَٔاتٍ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ ﴿٥﴾
Kim Allohga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir. U o'ta eshitguvchi va o'ta bilguvchidir.
وَمَن جَـٰهَدَ فَإِنَّمَا يُجَـٰهِدُ لِنَفْسِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ عَنِ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٦﴾
Kim jihod qilsa, bas, albatta, o'z foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir.
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَحْسَنَ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ ﴿٧﴾
Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini albatta o'chirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz.
وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حُسْنًا ۖ وَإِن جَـٰهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَآ ۚ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ﴿٨﴾
Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular sening o'zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishing uchun jihod qilsalar, bas, ularga itoat qilma. Qaytishlaringiz Mengaginadir. Bas, sizlarga qilgan narsalaringiz xabarini berurman.
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُدْخِلَنَّهُمْ فِى ٱلصَّـٰلِحِينَ ﴿٩﴾
Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarni solihlar qatoriga qo'shurmiz.
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ فَإِذَآ أُوذِىَ فِى ٱللَّهِ جَعَلَ فِتْنَةَ ٱلنَّاسِ كَعَذَابِ ٱللَّهِ وَلَئِن جَآءَ نَصْرٌ مِّن رَّبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمْ ۚ أَوَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِمَا فِى صُدُورِ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٠﴾
Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, so'ngra Allohning yo'lida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning ko'ksilaridagi narsalarni o'ta bilguvchi Zot emasmi?!
وَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ ﴿١١﴾
Albatta, Alloh iymon keltirganlarni ham yaxshi bilur, munofiqlarni ham yaxshi bilur.
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّبِعُوا۟ سَبِيلَنَا وَلْنَحْمِلْ خَطَـٰيَـٰكُمْ وَمَا هُم بِحَـٰمِلِينَ مِنْ خَطَـٰيَـٰهُم مِّن شَىْءٍ ۖ إِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ ﴿١٢﴾
Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yo'limizga ergashinglar, xatolaringizni biz ko'taraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani ko'targuvchi emaslar. Albatta, ular yolg'onchilardir.
وَلَيَحْمِلُنَّ أَثْقَالَهُمْ وَأَثْقَالًا مَّعَ أَثْقَالِهِمْ ۖ وَلَيُسْـَٔلُنَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ عَمَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ ﴿١٣﴾
Albatta, ular o'z yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqa yuklarni ham ko'tarurlar. Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida so'ralurlar.
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَلَبِثَ فِيهِمْ أَلْفَ سَنَةٍ إِلَّا خَمْسِينَ عَامًا فَأَخَذَهُمُ ٱلطُّوفَانُ وَهُمْ ظَـٰلِمُونَ ﴿١٤﴾
Va, batahqiq, Biz Nuhni qavmiga Payg'ambar etib yubordik. Bas, u ular ichida ellik yili kam ming yil turdi. So'ngra ularni zolim bo'lgan hollarida to'fon oldi.
فَأَنجَيْنَـٰهُ وَأَصْحَـٰبَ ٱلسَّفِينَةِ وَجَعَلْنَـٰهَآ ءَايَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٥﴾
Bas, Biz u(Nuh)ga va kema sohiblariga najot berdik va u(kema)ni olamlarga oyat-belgi qildik.
وَإِبْرَٰهِيمَ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ ۖ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ ﴿١٦﴾
Va Ibrohimni (yubordik). O'shanda u o'z qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar. Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir.
إِنَّمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَـٰنًا وَتَخْلُقُونَ إِفْكًا ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَمْلِكُونَ لَكُمْ رِزْقًا فَٱبْتَغُوا۟ عِندَ ٱللَّهِ ٱلرِّزْقَ وَٱعْبُدُوهُ وَٱشْكُرُوا۟ لَهُۥٓ ۖ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴿١٧﴾
Albatta, sizlar Allohni qo'yib, butlarga ibodat qilmoqdasiz va uydirmalar to'qimoqdasiz, xolos. Albatta, Allohdan o'zga ibodat qilayotgan narsalaringiz sizga rizq berishga molik emaslar. Rizqni Allohning huzuridan istanglar. Unga ibodat va shukr qilinglar. Ungagina qaytarilursiz.
وَإِن تُكَذِّبُوا۟ فَقَدْ كَذَّبَ أُمَمٌ مِّن قَبْلِكُمْ ۖ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَـٰغُ ٱلْمُبِينُ ﴿١٨﴾
Agar sizlar yolg'onchi qilsangiz, bas, sizdan oldingi ummatlar ham yolg'onchi qilganlar. Payg'ambar zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo'q», dedi.
أَوَلَمْ يَرَوْا۟ كَيْفَ يُبْدِئُ ٱللَّهُ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥٓ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ ﴿١٩﴾
Alloh maxluqni avval boshdan qanday yaratishini, so'ngra uni yana qaytarishini ko'rmaydilarmi?! Albatta, bu Alloh uchun osondir.
قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ بَدَأَ ٱلْخَلْقَ ۚ ثُمَّ ٱللَّهُ يُنشِئُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ ﴿٢٠﴾
Sen: «Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. So'ngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.
يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَيَرْحَمُ مَن يَشَآءُ ۖ وَإِلَيْهِ تُقْلَبُونَ ﴿٢١﴾
Kimni xohlasa, azoblaydir, kimni xohlasa, rahim qiladir. Ungagina qaytarilursiz.
وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ ۖ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ ﴿٢٢﴾
Siz na yer yuzida va na ko'kda U zotni ojiz qoldirguvchi emassiz. Sizga Allohdan o'zga do'st ham, yordamchi ham bo'lmas.
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَلِقَآئِهِۦٓ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَئِسُوا۟ مِن رَّحْمَتِى وَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ ﴿٢٣﴾
Allohning oyatlariga va Unga ro'baro' bo'lishga kufr keltirganlar, ana o'shalar Mening rahmatimdan noumid bo'ldilar. Ana o'shalarning o'zlariga alamli azob bor.
فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱقْتُلُوهُ أَوْ حَرِّقُوهُ فَأَنجَىٰهُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلنَّارِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ ﴿٢٤﴾
Uning qavmining javobi: «Uni o'ldiringlar yoki o'tda yoqinglar!» deyishlaridan boshqa narsa bo'lmadi. Bas, Alloh uni o'tdan qutqardi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
وَقَالَ إِنَّمَا ٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَـٰنًا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًا وَمَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّـٰصِرِينَ ﴿٢٥﴾
U: «Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi o'zaro do'stligingiz uchun Allohni qo'yib, butlarni tutdingiz. So'ngra, qiyomat kunida ba'zingiz ba'zingizga kufr keltirursiz va ba'zingiz ba'zingizni la'natlarsiz. Va joyingiz do'zaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar bo'lmas.
۞ فَـَٔامَنَ لَهُۥ لُوطٌ ۘ وَقَالَ إِنِّى مُهَاجِرٌ إِلَىٰ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ ﴿٢٦﴾
Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U Aziyz va Hakiymdir», dedi.
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِ ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَـٰبَ وَءَاتَيْنَـٰهُ أَجْرَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ ﴿٢٧﴾
Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni baxsh etdik va Payg'ambarlik hamda kitobni uning zurriyotida bo'ladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan bo'lgay.
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلْفَـٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٢٨﴾
Va Lutni (ham yubordik). O'shanda u o'z qavmiga: «Albatta, siz o'zingizdan oldin o'tgan olamlardan hech kim qilmagan fohisha ishni qilmoqdasiz.
أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ وَتَقْطَعُونَ ٱلسَّبِيلَ وَتَأْتُونَ فِى نَادِيكُمُ ٱلْمُنكَرَ ۖ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱئْتِنَا بِعَذَابِ ٱللَّهِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ ﴿٢٩﴾
Sizlar erkaklarga yaqinlik qilib, yo'lni kesasizmi va yig'inlaringizda munkar ish qilurmisiz?!» dedi. Uning qavmining javobi: «Agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga Allohning azobini keltir», deyishdan boshqa bo'lmadi.
قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْمُفْسِدِينَ ﴿٣٠﴾
U: «Ey Robbim, menga buzg'unchi qavmlarga qarshi O'zing nusrat ber», dedi.
وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوٓا۟ إِنَّا مُهْلِكُوٓا۟ أَهْلِ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ۖ إِنَّ أَهْلَهَا كَانُوا۟ ظَـٰلِمِينَ ﴿٣١﴾
Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan bo'ldilar», dedilar.
قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطًا ۚ قَالُوا۟ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَن فِيهَا ۖ لَنُنَجِّيَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ ﴿٣٢﴾
U: «Unda Lut bor-ku?!» dedi. Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz. Magar, uning xotini halok bo'lguvchilardan bo'lgandir», dedilar.
وَلَمَّآ أَن جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالُوا۟ لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ ۖ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ ﴿٣٣﴾
Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo'ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo'lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo'lguvchilardan bo'lgandir.
إِنَّا مُنزِلُونَ عَلَىٰٓ أَهْلِ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ ﴿٣٤﴾
Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga, fosiqlik qilganlari tufayli, osmondan azob tushirguvchimiz», dedilar.
وَلَقَد تَّرَكْنَا مِنْهَآ ءَايَةًۢ بَيِّنَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ ﴿٣٥﴾
Batahqiq, Biz undan aql yuritguvchi qavmlar uchun ochiq-oydin oyat-belgilar qoldirganmiz.
وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا فَقَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱرْجُوا۟ ٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ ﴿٣٦﴾
Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, oxirat kunidan umidvor bo'ling va yer yuzida buzg'unchilik ila harakat qilib yurmang», dedi.
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَـٰثِمِينَ ﴿٣٧﴾
Bas, uni yolg'onchiga chiqardilar. Shunda ularni bir silkinish tutdi va diyorlarida cho'kkalab qoldilar.
وَعَادًا وَثَمُودَا۟ وَقَد تَّبَيَّنَ لَكُم مِّن مَّسَـٰكِنِهِمْ ۖ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ أَعْمَـٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَكَانُوا۟ مُسْتَبْصِرِينَ ﴿٣٨﴾
Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon bo'lib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab ko'rsatib, ularni yo'ldan to'sdi. Holbuki, ular ko'rib-bilib turguvchi edilar.
وَقَـٰرُونَ وَفِرْعَوْنَ وَهَـٰمَـٰنَ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانُوا۟ سَـٰبِقِينَ ﴿٣٩﴾
Qorun, Fir'avn va Homonlarni (ham halok qildik). Batahqiq, Muso ularga ochiq-oydin hujjatlar keltirdi. Bas, ular yer yuzida mutakabbirlik qildilar va qochib qutulguvchi bo'lmadilar.
فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنۢبِهِۦ ۖ فَمِنْهُم مَّنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُم مَّنْ أَخَذَتْهُ ٱلصَّيْحَةُ وَمِنْهُم مَّنْ خَسَفْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ وَمِنْهُم مَّنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ ﴿٤٠﴾
Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba'zilari ustiga tosh yog'dirdik, ba'zilarini qichqiriq ushladi, ba'zilarini yerga yuttirdik va ba'zilarini g'arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo'lmadi, lekin ular o'zlariga zulm etdilar.
مَثَلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْلِيَآءَ كَمَثَلِ ٱلْعَنكَبُوتِ ٱتَّخَذَتْ بَيْتًا ۖ وَإِنَّ أَوْهَنَ ٱلْبُيُوتِ لَبَيْتُ ٱلْعَنكَبُوتِ ۖ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ ﴿٤١﴾
Allohni qo'yib, o'zga do'stlar tutganlarning misoli o'ziga uy tutgan o'rgimchakka o'xshaydir. Holbuki, eng zaif uy o'rgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi.
إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ ﴿٤٢﴾
Albatta, Alloh ular O'zidan boshqa nima narsaga duo qilayotganlarini yaxshi biladir. Va U aziyz va hakiym Zotdir.
وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَـٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ ۖ وَمَا يَعْقِلُهَآ إِلَّا ٱلْعَـٰلِمُونَ ﴿٤٣﴾
Ushbu misollarni Biz odamlar uchun keltirurmiz. Lekin ularga olimlardan o'zgalarning aqllari yetmas.
خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ ﴿٤٤﴾
Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda mo'minlar uchun oyat-belgi bordir.
ٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ ۖ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ تَنْهَىٰ عَنِ ٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۗ وَلَذِكْرُ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ ﴿٤٥﴾
Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to'kis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur.
۞ وَلَا تُجَـٰدِلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَأُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَـٰهُنَا وَإِلَـٰهُكُمْ وَٰحِدٌ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ ﴿٤٦﴾
Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o'zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo'ysunguvchimiz», denglar.
وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَمِنْ هَـٰٓؤُلَآءِ مَن يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَّا ٱلْكَـٰفِرُونَ ﴿٤٧﴾
Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.
وَمَا كُنتَ تَتْلُوا۟ مِن قَبْلِهِۦ مِن كِتَـٰبٍ وَلَا تَخُطُّهُۥ بِيَمِينِكَ ۖ إِذًا لَّٱرْتَابَ ٱلْمُبْطِلُونَ ﴿٤٨﴾
Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qo'ling bilan xat yozmas eding. Agar shunday bo'lganida, botil ahllari shubhaga tushgan bo'lur edilar.
بَلْ هُوَ ءَايَـٰتٌۢ بَيِّنَـٰتٌ فِى صُدُورِ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَّا ٱلظَّـٰلِمُونَ ﴿٤٩﴾
Yo'q! U(Qur'on) ilm berilganlar ko'ksidagi ochiq-oydin oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.
وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَـٰتٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ قُلْ إِنَّمَا ٱلْـَٔايَـٰتُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌ مُّبِينٌ ﴿٥٠﴾
Va ular: «Unga Robbidan mo''jizalar nozil qilinsa edi», dedilar. Sen: «Mo''jizalar yolg'iz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.
أَوَلَمْ يَكْفِهِمْ أَنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَرَحْمَةً وَذِكْرَىٰ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ ﴿٥١﴾
Ularga Bizning senga o'zlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.
قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ شَهِيدًا ۖ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱلْبَـٰطِلِ وَكَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ ﴿٥٢﴾
Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O'zi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana o'shalar o'zlari ziyon ko'rguvchilardir», deb ayt.
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ ۚ وَلَوْلَآ أَجَلٌ مُّسَمًّى لَّجَآءَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَيَأْتِيَنَّهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ ﴿٥٣﴾
Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Agar belgilangan ajal bo'lmaganida, ularga, albatta, azob kelgan bo'lur edi. Albatta, ularga u to'satdan, ular sezmagan holda kelur.
يَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌۢ بِٱلْكَـٰفِرِينَ ﴿٥٤﴾
Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Holbuki, jahannam, hech shubhasiz, kofirlarni o'rab turguvchidir.
يَوْمَ يَغْشَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِمْ وَيَقُولُ ذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ﴿٥٥﴾
U kunda azob ularni ustlaridan va oyoqlari ostidan o'rab olur va U zot: «Qilib yurgan amallaringiz(jazosi)ni toting!» deb aytur.
يَـٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ أَرْضِى وَٰسِعَةٌ فَإِيَّـٰىَ فَٱعْبُدُونِ ﴿٥٦﴾
Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar.
كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا تُرْجَعُونَ ﴿٥٧﴾
Har bir jon o'limni totajakdir. So'ngra Bizgagina qaytarilursiz.
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُبَوِّئَنَّهُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ غُرَفًا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ نِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَـٰمِلِينَ ﴿٥٨﴾
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ ﴿٥٩﴾
Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.
وَكَأَيِّن مِّن دَآبَّةٍ لَّا تَحْمِلُ رِزْقَهَا ٱللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ ﴿٦٠﴾
O'z rizqini ko'tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o'ta eshitguvchi va o'ta bilguvchi Zotdir.
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ ﴿٦١﴾
Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan va quyoshniyu oyni o'z izmiga qaratgan kim?» deb so'rasang: «Alloh», derlar. Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!
ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ ﴿٦٢﴾
Alloh O'z bandalaridan kimni xohlasa, rizqini keng qilib qo'yadir va xohlaganinikini tor qiladir. Albatta, Alloh har bir narsani o'ta bilguvchi Zotdir.
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ ﴿٦٣﴾
Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan o'lgan yerni tiriltirgan kim?!» deb so'rasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo'lsin!» deb ayt. Yo'q! Ularning ko'plari aql yuritmaslar.
وَمَا هَـٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ ۚ وَإِنَّ ٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ لَهِىَ ٱلْحَيَوَانُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ ﴿٦٤﴾
Bu dunyo hayoti faqat o'yin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana o'sha haqiqiy hayotdir.
فَإِذَا رَكِبُوا۟ فِى ٱلْفُلْكِ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ إِذَا هُمْ يُشْرِكُونَ ﴿٦٥﴾
Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.
لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَـٰهُمْ وَلِيَتَمَتَّعُوا۟ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ ﴿٦٦﴾
Ular Biz bergan narsaga kufr keltiraversinlar va huzur qilaversinlar! Bas, tezda bilurlar.
أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا جَعَلْنَا حَرَمًا ءَامِنًا وَيُتَخَطَّفُ ٱلنَّاسُ مِنْ حَوْلِهِمْ ۚ أَفَبِٱلْبَـٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَكْفُرُونَ ﴿٦٧﴾
Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qo'yganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning ne'matiga kufr keltirurlarmi?!
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَـٰفِرِينَ ﴿٦٨﴾
Allohga nisbatan yolg'on to'qigan yoki o'ziga kelgan haqni yolg'onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarga jahannamda turar joy yo'qmidi?!
وَٱلَّذِينَ جَـٰهَدُوا۟ فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَمَعَ ٱلْمُحْسِنِينَ ﴿٦٩﴾
Bizning (yo'limizda) jiddu jahd qilganlarni O'z yo'llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir.