أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا جَعَلْنَا حَرَمًا ءَامِنًا وَيُتَخَطَّفُ ٱلنَّاسُ مِنْ حَوْلِهِمْ ۚ أَفَبِٱلْبَـٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَكْفُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qo`yganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning ne'matiga kufr keltirurlarmi?!Биз уларга Ҳарамни омонлик жойи қилиб қўйганимизни билмабмидилар?! Ҳолбуки, уларнинг атрофида одамлар талон-тарожга учрамоқдалар. Улар ботилга иймон келтириб, Аллоҳнинг неъматига куфр келтирурларми?!Alauddin Mansour: Ular oʻzlarining atroflaridan odamlar talon-torojga duchor boʻlayotgani holda Biz Haramni (yaʼni, Makkani) tinch-osoyishta qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Nahotki ular botil-butlarga iymon keltirib, Allohning neʼmati (Islomga)ga kofir boʻlsalar?!Улар ўзларининг атрофларидан одамлар талон-торожга дучор бўлаётгани ҳолда Биз Ҳарамни (яъни, Маккани) тинч-осойишта қилиб қўйганимизни кўрмадиларми?! Наҳотки улар ботил-бутларга иймон келтириб, Аллоҳнинг неъмати (Исломга)га кофир бўлсалар?!
Makka ahli Harami Sharifning hurmati sababidan omonlikda yashar edilar. Hech kim ularga tegmas, hatto yomon qaramas, balki Harami Sharifning hurmati tufayli ularni ham ulugʻlar, ehtirom qilar edilar. Haramning chegarasidan tashqaridagilarni esa, xohlaganlar oʻldirar, xohlaganlar olib ketib, qul qilar yoki molu dunyosini tortib olar edi.
Alloh taoloning ana shunday ulugʻ neʼmatiga sazovor ekanlariga qaramasdan, Makka ahli iymonga kelmadi. Bu ham yetmaganidek, Islomga qarshi eng ashaddiy dushmanga aylandi. Shuning uchun ham, oyat oxirida ularning bu hollaridan ajablanib:
«Ular botilga iymon keltirib, Allohning neʼmatiga kufr keltirurlarmi?!» deb soʻralmoqda.
Ular bu bilan-da kifoyalanib qolmay, Allohga shirk ham keltirardilar. Yaʼni, Allohning neʼmatlariga kufr keltirardilar. Allohdan kelgan haq dinni inkor qilardilar.