QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят69

وَٱلَّذِينَ جَـٰهَدُوا۟ فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَمَعَ ٱلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning (yo`limizda) jiddu jahd qilganlarni O`z yo`llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir.Бизнинг (йўлимизда) жидду жаҳд қилганларни Ўз йўлларимизга ҳидоят этурмиз. Албатта, Аллоҳ чиройли амал қилгувчилар биландир.Alauddin Mansour: Bizning (yoʻlimiz)da jihod qilgan — kurashgan zotlarni albatta Oʻz yoʻllarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir.Бизнинг (йўлимиз)да жиҳод қилган — курашган зотларни албатта Ўз йўлларимизга ҳидоят қилурмиз. Аниқки, Аллоҳ чиройли амал қилгувчи зотлар билан биргадир.

404-sahifa · 21-juz · 41-hizb404-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ... kimsalarniва ... кимсаларниجَـٰهَدُوا۟jihod qilganlarniжиҳод қилганларниفِينَاBizning (yoʻlimizda)Бизнинг (йўлимизда)لَنَهْدِيَنَّهُمْalbatta, ularni hidoyat eturmizалбатта, уларни ҳидоят этурмизسُبُلَنَا ۚOʻz yoʻllarimizgaЎз йўлларимизгаوَإِنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَمَعَalbatta, bilandirалбатта, биландирٱلْمُحْسِنِينَchiroyli amal qilguvchilarчиройли амал қилгувчилар
TafsirТафсир

Allohning yoʻlida bor imkoniyatlarini ishga solib harakat qilganlarni Alloh taoloning Oʻzi toʻgʻri yoʻlga boshlab turadi. Yaxshi amallarni qilganlarni yolgʻiz qoʻymay, ular bilan Oʻzi birga boʻladi. Bu haqiqatni moʻminlar bir lahza ham unutmasliklari kerak.