كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn ahlining va ulardan oldingilarning holiga o`xshar. Ular oyatlarimizni yolg`onga chiqardilar. Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi. Va Alloh iqobi shiddatli Zotdir.Фиръавн аҳлининг ва улардан олдингиларнинг ҳолига ўхшар. Улар оятларимизни ёлғонга чиқардилар. Бас, гуноҳлари туфайли Аллоҳ уларни тутди. Ва Аллоҳ иқоби шиддатли Зотдир.Alauddin Mansour: Ularning holi xuddi Firʼavn odamlarining va ulardan avval oʻtgan kofirlarning holi kabidirki, bizning oyatlarimizni yolgʻon deyishgach, Alloh ularni gunohlari (kufrlari) bilan ushlab azobladi. Alloh azobi qattiq Zotdir.Уларнинг ҳоли худди Фиръавн одамларининг ва улардан аввал ўтган кофирларнинг ҳоли кабидирки, бизнинг оятларимизни ёлғон дейишгач, Аллоҳ уларни гуноҳлари (куфрлари) билан ушлаб азоблади. Аллоҳ азоби қаттиқ Зотдир.
Yaʼni, mol-dunyosi va bola-chaqasi gʻururlantirib kufrga ketganlarning holi
«Firʼavn ahlining va ulardan oldingilarning holiga oʻxshar».
Firʼavn qissasi maʼlum va mashhur, Qurʼonda ham bir necha bor kelgan. Buni barcha, jumladan, ushbu oyatlar qaratilgan, Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklarini, Qurʼoni Karimning ilohiy kitobligini inkor etayotgan nasoro va yahudiylar ham yaxshi biladi. Firʼavn va uning ahlini ham molu dunyo, mansab, podshohlik va dunyoning boshqa hoy-havaslari gʻururga ketkazgan edi. Va:
«Ular oyatlarimizni yolgʻonga chiqardilar».
Yaʼni, ular Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan edilar.
«Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi.»
Qilgan gunoh va isyonlari tufayli Alloh taolo ularni Oʻz azobiga duchor qilib, halok etdi.
«Va Alloh iqobi shiddatli Zotdir.»
Alloh taoloning iqobi kuchli, shiddatlidir. Bas, shunday ekan, hozirgi kofirlar ham bundan oʻrnak olib oʻzlarini oʻnglasinlar, aks holda, avvalgilariga oʻxshab bular ham azobga duchor boʻladilar.
Kelasi oyat Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga xitob qilib, ushbu haqiqatni kofirlarga yetkazishni taʼkidlaydi: