إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمْ وَقُودُ ٱلنَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan Allohning azobini qaytara olmas. Ana o`shalar, o`zlari do`zaxning yoqilg`isidirlar.Албатта, куфр келтирганларнинг моллари ҳам, болалари ҳам улардан Аллоҳнинг азобини қайтара олмас. Ана ўшалар, ўзлари дўзахнинг ёқилғисидирлар.Alauddin Mansour: Kufr yoʻlini tutgan kimsalarning na mollari va na bolalari ularni Alloh azobidan qutqara olmaydi. Ular doʻzaxning oʻtinlaridir.Куфр йўлини тутган кимсаларнинг на моллари ва на болалари уларни Аллоҳ азобидан қутқара олмайди. Улар дўзахнинг ўтинларидир.
Odatda himoyaga muhtoj odam bu dunyoda mol-dunyosini, bolalarini ishga soladi. Kofirlar bu narsani oʻzgarmas qoida deb tushunadilar. «Puling boʻlsa, changalda shoʻrva» qabilida fikr va ish yuritadilar. Kufr hukm surgan jamiyatda hammadan kuchli narsa pul boʻlib, puli bor odam xohlagan ishini qila oladi, degan eʼtiqod bordir.
Lekin, agar Alloh taolo biror bandaga azobni iroda qilib qolsa, uni na puli va na bolalari Allohning azobidan qutqara olmaydilar:
«Albatta, kufr keltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan Allohning azobini qaytara olmas».
Aksincha, baʼzi vaqtlarda aynan molu dunyosi yoki bola-chaqasi boshiga bitgan balo boʻladi. Oxiratdagi hollari esa, hech shak-shubhasiz maʼlum:
«Ana oʻshalar, oʻzlari doʻzaxning yoqilgʻisidirlar».
Ha, molu dunyosi, bola-chaqasi koʻpligidan gʻururga ketib kofir boʻlgan shaxslar oxiratda doʻzax oloviga yoqilgʻi boʻlishdan boshqaga yaramaydilar.
Ularning holi xuddi