رَبَّنَآ إِنَّكَ جَامِعُ ٱلنَّاسِ لِيَوْمٍ لَّا رَيْبَ فِيهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbimiz, albatta, Sen odamlarni kelishiga shubha yo`q kunda yig`uvchisan. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.Эй Роббимиз, албатта, Сен одамларни келишига шубҳа йўқ кунда йиғувчисан. Албатта, Аллоҳ ваъдага хилоф қилмас.Alauddin Mansour: «Parvardigoro, albatta Sen odamlarni hech shak-shubhasiz, keladigan bir Kunga toʻplaguvchisan. Albatta, Alloh vaʼdasiga xilof qilmagay!»«Парвардигоро, албатта Сен одамларни ҳеч шак-шубҳасиз, келадиган бир Кунга тўплагувчисан. Албатта, Аллоҳ ваъдасига хилоф қилмагай!»
«Kelishiga shubha yoʻq kun»–qiyomat kunidir. Alloh taolo oʻsha kunda barcha odamlarni jamlab, soʻroq-savolga tutib, amaliga yarasha jazo yoki mukofot berishini vaʼda qilgan. Moʻmin bandalar bu ishning albatta boʻlishiga qattiq ishonadilar. Chunki, Alloh vaʼdasiga xilof qilmaydi.
Yuqorida oʻtgan oyatlar moʻminlarning holini, ularning duosini zikr qilgan boʻlsa, kelasi oyatlardan kofirlar haqida soʻz boshlanadi. Ular molu dunyosi va bola-chaqasining koʻpligidan gʻururga ketib kofir boʻlganliklari, lekin bu narsalar ularga kelgan noxushlikni bu dunyoda ham, u dunyoda ham daf qila olmasligi bayon qilinadi. Bunga Badr urushi misol keltiriladi.