رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so`ng qalblarimizni og`dirmagin va bizga O`z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening O`zing ko`plab ato qiluvchisan.Эй Роббимиз, бизни ҳидоят қилганингдан сўнг қалбларимизни оғдирмагин ва бизга Ўз ҳузурингдан раҳмат ато қилгин. Албатта Сенинг Ўзинг кўплаб ато қилувчисан.Alauddin Mansour: «Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin — endi dillarimizni haq yoʻldan ogʻdirma va bizga Oʻz huzuringdan rahmat ato etgin! Albatta, Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan!»«Парвардигоро, бизни ҳидоят қилганингдан кейин — энди дилларимизни ҳақ йўлдан оғдирма ва бизга Ўз ҳузурингдан раҳмат ато этгин! Албатта, Сенгина барча яхшиликларни ато этгувчисан!»
Ilmda sobit boʻlgan moʻmin kishining holi shu–u hidoyat nima ekanini, qanday ulugʻ neʼmat ekanini juda yaxshi tushunadi. Shuning uchun, hidoyatni bergan Allohga yolborib, qalbini haq yoʻliga boshlovchi hidoyatdan ogʻdirmasligini oʻtinib soʻraydi.
«Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan soʻng, qalblarimizni ogʻdirmagin va bizga Oʻz huzuringdan rahmat ato qilgin».
Ular Alloh taoloning «Vahhob»–koʻplab ato qiluvchi Zot ekanligini ham yaxshi biladilar va Uning Oʻzidan rahmat ato qilishini soʻraydilar:
«Albatta Sening Oʻzing koʻplab ato qiluvchisan».
Ular oʻz Robbilarining barcha xaloyiqni bir kuni jamlab, hisob-kitob qilishini ham yaxshi biladilar va shuning uchun U zotga bu haqda quyidagicha yolboradilar: