QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят7

هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ مِنْهُ ءَايَـٰتٌ مُّحْكَمَـٰتٌ هُنَّ أُمُّ ٱلْكِتَـٰبِ وَأُخَرُ مُتَشَـٰبِهَـٰتٌ ۖ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَـٰبَهَ مِنْهُ ٱبْتِغَآءَ ٱلْفِتْنَةِ وَٱبْتِغَآءَ تَأْوِيلِهِۦ ۗ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُۥٓ إِلَّا ٱللَّهُ ۗ وَٱلرَّٰسِخُونَ فِى ٱلْعِلْمِ يَقُولُونَ ءَامَنَّا بِهِۦ كُلٌّ مِّنْ عِندِ رَبِّنَا ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَـٰبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam — oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og`ish borlar fitna maqsadida va uni ta'viyl qilish maqsadida undan mutashobih bo`lganiga ergashadir. Uning ta'viylini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo`lganlar esa: Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar.У сенга китобни туширган Зотдир. Унда муҳкам — ойдин оятлар ҳам бор ва улар китобнинг аслидир ва муташобиҳ оятлар ҳам бор. Қалбларида ҳидоятдан оғиш борлар фитна мақсадида ва уни таъвийл қилиш мақсадида ундан муташобиҳ бўлганига эргашадир. Унинг таъвийлини Аллоҳдан бошқа ҳеч ким билмас. Илмда собит бўлганлар эса: Унга иймон келтирдик, барчаси Роббимиз ҳузуридандир, дерлар. Ва фақат ақл эгаларигина эсларлар.Alauddin Mansour: U Sizga Kitob nozil qilgan Zotdirki, u (Kitobdan) shu Kitobning asli — mohiyati boʻlgan muhkam — aniq-ravshan oyatlar ham va boshqa (Qiyomat, jannat, doʻzax va hokazolar haqidagi) mutashobih — tushunish qiyin boʻlgan oyatlar ham (oʻrin olgandir). Endi dillarida haq yoʻldan ogʻish boʻlgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va oʻz havoyi nafslariga muvofiq taʼvil-tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga ergashadidar. Holbuki, unday oyatlarning taʼvilini yolgʻiz Allohgina bilur. Ilmda sobitqadam boʻlgan bunday kishilar esa: «U Kitobga iymon keltirganmiz. Hamma oyatlari Parvardigorimiz huzuridandir», deydilar. Va faqat ahli donishlargina pand-nasihat olurlar.У Сизга Китоб нозил қилган Зотдирки, у (Китобдан) шу Китобнинг асли — моҳияти бўлган муҳкам — аниқ-равшан оятлар ҳам ва бошқа (Қиёмат, жаннат, дўзах ва ҳоказолар ҳақидаги) муташобиҳ — тушуниш қийин бўлган оятлар ҳам (ўрин олгандир). Энди дилларида ҳақ йўлдан оғиш бўлган кимсалар одамларни алдаб фитнага солиш ва ўз ҳавойи нафсларига мувофиқ таъвил-тафсир қилиш учун Унинг муташобиҳ оятларига эргашадидар. Ҳолбуки, ундай оятларнинг таъвилини ёлғиз Аллоҳгина билур. Илмда собитқадам бўлган бундай кишилар эса: «У Китобга иймон келтирганмиз. Ҳамма оятлари Парвардигоримиз ҳузуридандир», дейдилар. Ва фақат аҳли донишларгина панд-насиҳат олурлар.

50-sahifa · 3-juz · 5-hizb50-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلَّذِىٓshunday zotkiшундай зоткиأَنزَلَtushirdiтуширдиعَلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниمِنْهُundan (unda)ундан (унда)ءَايَـٰتٌۭoyatlar borоятлар борمُّحْكَمَـٰتٌmuhkamмуҳкамهُنَّularуларأُمُّaslidirаслидирٱلْكِتَـٰبِkitobningкитобнингوَأُخَرُva boshqalariва бошқалариمُتَشَـٰبِهَـٰتٌۭ ۖmutashobihdirмуташобиҳдирفَأَمَّاbas, ammoбас, аммоٱلَّذِينَularуларفِى-da-даقُلُوبِهِمْqalblaridaқалбларидаزَيْغٌۭogʻish borоғиш борفَيَتَّبِعُونَbas, ergashadilarбас, эргашадиларمَاnarsagaнарсагаتَشَـٰبَهَmutashobih boʻlganмуташобиҳ бўлганمِنْهُundanунданٱبْتِغَآءَistab (maqsadida)истаб (мақсадида)ٱلْفِتْنَةِfitnaniфитнаниوَٱبْتِغَآءَva istabва истабتَأْوِيلِهِۦ ۗuni taʼvil qilishniуни таъвил қилишниوَمَاva emasва эмасيَعْلَمُbilarбиларتَأْوِيلَهُۥٓuning taʼviliniунинг таъвилиниإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)ٱللَّهُ ۗAllohАллоҳوَٱلرَّٰسِخُونَva sobit boʻlganlarва собит бўлганларفِى-da-даٱلْعِلْمِilmdaилмдаيَقُولُونَderlarдерларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِهِۦungaунгаكُلٌّۭbarchasiбарчасиمِّنْ-dan-данعِندِhuzuridanҳузуриданرَبِّنَا ۗRabbimizРаббимизوَمَاva emasва эмасيَذَّكَّرُeslarэсларإِلَّآmagar (faqat)магар (фақат)أُو۟لُوا۟egalariэгалариٱلْأَلْبَـٰبِaqlақл
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Qurʼoni Karimning oyatlari ikkiga–muhkam va mutashobihga boʻlinishi haqida soʻz ketmoqda. «Muhkam» soʻzi mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib boʻlmaydigan, degan maʼnoni anglatadi.

«Mutashobih» soʻzi esa, oʻxshash, birini biridan ajratish qiyin, bir necha maʼnolarni anglatadigan, degan maʼnolarni bildiradi. Qurʼoni Karim oyatlari ham muhkam va mutashobihga boʻlinadi. Buning oʻzi alohida bir ilm boʻlib, Qurʼon ilmlari fani boʻyicha mutaxassis ulamolar buni maxsus oʻrganadilar. Biz oʻrganayotgan oyati karima xuddi shu mavzuda soʻz yuritmoqda. Bu oyati karimaning avvalida yuqorida zikr qilingan sifatlarga ega boʻlgan Alloh:

«U senga kitobni tushirgan Zotdir», deb Muhammad alayhissalomga xitob qilmoqda. Kitobdan murod–Qurʼoni Karimdir.

«Unda muhkam–oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor».

Qurʼoni Karimda kelgan muhkam–oydin oyatlarning maʼnolari ravshan, tushunilishi ham oson. «Ular kitobning aslidir», yaʼni oʻsha muhkam oyatlar Qurʼonning aslini tashkil qiladilar. Shu bilan birga, Alloh iroda qilgan hikmat uchun Qurʼonda mutashobih– bir-biriga oʻxshash maʼnolarni bildiradigan, turlicha maʼnoga burish mumkin boʻlgan oyatlar ham bor. Lekin bular juda ham oz boʻlib, kishilarning iymonini sinashga xizmat qiladilar.

«Qalblarida hidoyatdan ogʻish borlar fitna maqsadida va uni taʼviyl qilish maqsadida undan mutashobih boʻlganiga ergashadir».

Demak, aslida eʼtiqodi buzuq kishilarni fosh qilishda mutashobih oyatlar ish berar ekan. Qalbida marazi bor, hidoyatdan ogʻgan bunday kishilar aqiyda va shariatning nozik usullarini ochiq- oydin bayon qilib bergan muhkam oyatlarni bir chetga surib qoʻyib, gʻoyibdan eshitish orqali sobit boʻladigan xabarlarga, turli maʼnolarga dalolat qiladigan mutashobih oyatlarga fitna qoʻzish, uni taʼviyl qilish maqsadida ergashar ekanlar. «Taʼviyl» soʻzi biror soʻz yoki tushunchani sirtqi maʼnosidan boshqa maʼnoga koʻchirish, degan maʼnoni anglatadi. Qalblarida hidoyatdan ogʻish bor boʻlgan mazkur kishilar mutashobih oyatlarni oʻzlariga qurol qilib olib, fitna qoʻzish uchun oʻz havoi nafslariga muvofiq taʼviyl qiladilar. Va holbuki, mutashobih oyatlarning taʼviylini hamma ham bilavermaydi:

«Uning taʼviylini Allohdan boshqa hech kim bilmas».

Mutashobih oyatlarning haqiqiy taʼvilini faqat Alloh taoloning Oʻzigina biladi. Shuning uchun, moʻmin-musulmon kishilar mutashobih oyatlarning taʼviyliga mashgʻul boʻlmasdan, uni Alloh taoloning oʻziga havola etishlari kerak.

«Ilmda sobit boʻlganlar esa: unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar».

«Ilmda sobit boʻlganlar»–bandalar ichida ilmning oliy darajasiga yetgan ulamolardir.

Ular ilmda sobit boʻlganlari uchun koʻp narsadan boxabar boʻladilar va shu boisdan ham: Mutashobihga iymon keltirdik, barchasi (yaʼni, oyatlarning barchasi)–muhkami ham, mutashohibi ham Robbimiz huzuridandir, deydilar.

Darhaqiqat, zoʻr olimlar oʻzlarining ilmiy chegaralarini aniq tushunib yetadilar, Allohning ilmi chegarasiz ekanini yaxshi biladilar. Hamda oʻrni kelganda hech ikkilanmay, oʻzlarining ojiz joylarini eʼtirof qiladilar. Ammo haqiqiy ilmdan bebahra, chalasavod kishilar esa, oʻzlari bilgan ozgina narsani dunyodagi bor ilm– shu, deb tushunadilar va undan boshqa hamma narsani inkor etib, oʻzini ham, oʻzgalarni ham ovora qiladilar. Ushbu haqiqatlarni:

«...faqat aql egalarigina eslarlar». Bunday narsalardan aql egalarigina vaʼz-nasihat va ibrat oladilar.

Mazkur haqiqatlarni tushunib yetganlaridan soʻng, Alloh taologa yolborib duo qilib, qalblarini haqda sobit qilishni va hidoyatdan ogʻdirmasligini soʻraydilar: