هُوَ ٱلَّذِى يُصَوِّرُكُمْ فِى ٱلْأَرْحَامِ كَيْفَ يَشَآءُ ۚ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir. Undan o`zga iloh yo`q. U Aziyz va Hakiym Zotdir.У сизларни бачадонларда хоҳлаган сувратга соладиган Зотдир. Ундан ўзга илоҳ йўқ. У Азийз ва Ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: U sizlarga (onalaringizning) qorinlarida boʻlgan paytingizda Oʻzi xohlagan suratni bergan Zotdir. Hech bir iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bor. U qudratli, hikmatlidir.У сизларга (оналарингизнинг) қоринларида бўлган пайтингизда Ўзи хоҳлаган суратни берган Зотдир. Ҳеч бир илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бор. У қудратли, ҳикматлидир.
Bandalarning barchasini ular hali hech kimning yodida ham yoʻq paytlarida onalarining bachadonlarida Alloh taolo Oʻzi xohlagan suvratga solgandir.
«U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir.»
Bugunga kelib esa, oʻsha ojiz bandalardan baʼzilari Parvardigorlarining oyatlariga kufr keltirmoqdalar, holbuki, Alloh:
«Undan oʻzga iloh yoʻq. U aziz va hakim Zotdir».
Yaʼni Allohdan boshqa ibodatga loyiq zot yoʻq. Allohga ibodatning boshi esa, Qurʼoni Karimga, Muhammad alayhissalomga, iymon keltirish va Islom shariatiga amal qilishdir. Alloh xohlaganini qila oladigan aziz va barcha ishni hikmat ila qiladigan hakim Zotdir.
Yuqorida Qurʼoni Karimni ham Tavrot va Injilni nozil etgan Zot ikkisini tasdiqlovchi qilib tushirgani, Allohning har narsaga qodir ekanini taʼkidlovchi oyati karimalar kelganidan keyin, endi Qurʼoni Karimning oʻziga xos, baʼzi nobakorlar shubha qoʻzitgan masalalarni muolaja etish boshlanadi.