ضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلذِّلَّةُ أَيْنَ مَا ثُقِفُوٓا۟ إِلَّا بِحَبْلٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَحَبْلٍ مِّنَ ٱلنَّاسِ وَبَآءُو بِغَضَبٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْمَسْكَنَةُ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا۟ وَّكَانُوا۟ يَعْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh ipi bo`lmasa yoki odamlar ipi bo`lmasa, ularga qayerda bo`lsalar ham, xorlik bitildi. Ularga Allohning g`azabi lozim bo`ldi va miskinlik bitildi. Bunday bo`lishligi ularning Allohning oyatlariga kufr keltirishlari va Payg`ambarlarni nohaqdan o`ldirishlari sababidandir. Bunday bo`lishligi ularning osiy bo`lganlari va haddan oshganlari sababidandir.Аллоҳ ипи бўлмаса ёки одамлар ипи бўлмаса, уларга қаерда бўлсалар ҳам, хорлик битилди. Уларга Аллоҳнинг ғазаби лозим бўлди ва мискинлик битилди. Бундай бўлишлиги уларнинг Аллоҳнинг оятларига куфр келтиришлари ва Пайғамбарларни ноҳақдан ўлдиришлари сабабидандир. Бундай бўлишлиги уларнинг осий бўлганлари ва ҳаддан ошганлари сабабидандир.Alauddin Mansour: Agar Allohning va odamlarning (yaʼni, musulmonlarning) ahdi panohida boʻlmasalar, albatta ularga qayerda boʻlmasinlar, xor-zorlik bitib qoʻyildi. Ular Allohning gʻazabi bilan ketdilar va ularga bechorahollik yozib qoʻyildi. Bunga sabab ularning Alloh oyatlariga kofir boʻlganliklari va paygʻambarlarni nohaq oʻldirganliklaridir. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor boʻlganlaridir.Агар Аллоҳнинг ва одамларнинг (яъни, мусулмонларнинг) аҳди паноҳида бўлмасалар, албатта уларга қаерда бўлмасинлар, хор-зорлик битиб қўйилди. Улар Аллоҳнинг ғазаби билан кетдилар ва уларга бечораҳоллик ёзиб қўйилди. Бунга сабаб уларнинг Аллоҳ оятларига кофир бўлганликлари ва пайғамбарларни ноҳақ ўлдирганликларидир. Бунга сабаб уларнинг қилган исёнлари ва тажовузкор бўлганларидир.
Maʼlumki, maʼnaviy maʼnoda ip soʻzi yordam, madad va sabab kabi maʼnolarni kasb etadi. Ushbu oyat yahudiylarga xos oyatdir. Ular qayerda boʻlsalar ham, baribir xorlik bitilganligining xabarini bermoqda.
«Alloh ipi boʻlmasa yoki odamlar ipi boʻlmasa, ularga qayerda boʻlsalar ham, xorlik bitildi».
Darhaqiqat, yahudiylar tarixiga nazar solinsa, doimo xorlik va zorlikda oʻtishgan. Doimo quvgʻin ostida yashashgan. Uzoq davr mobaynida ularning vatani ham boʻlmagan, qayerda tursalar, jizya toʻlab, xavf ostida yashaganlar. Eʼtiborsiz ishlarni qilib kun koʻrganlar. Ular doimo shunday boʻlishga mahkum etilganlar.
Oyatda istisno holati ham boʻlishi taʼkidlanyapti. U ham boʻlsa, Allohning va odamlarning madadi bilangina ular oʻzlariga bitilgan xorlik holatidan chiqadilar. Mazkur istisno holat yigirmanchi milodiy asrning ikkinchi yarmida yuz berdi. Allohning irodasi bilan, dunyodagi kuchli davlat va jamoatlar barchasi yahudiylarga madad berib, ularga yoʻq yerdan vatan topdilar va davlat qurdilar. Dunyo boʻyicha ularni himoya qildilar, yordam berdilar. Lekin:
«Ularga Allohning gʻazabi lozim boʻldi va miskinlik bitildi».
Yaʼni, doimo ular Allohning gʻazabiga duchordirlar. Ham ularga miskinlik bitildi. Oʻzlari boy boʻlsalar-da, miskin koʻrinadilar. Boyliklarini yashiradilar. Chunki ularning tabiatiga miskinlik bitilgan.
Oyatning davomida yahudiylarga bunday taqdir bitilganligining sababi bayon qilinadi:
«Bunday boʻlishligi ularning Allohning oyatlariga kufr keltirishlari va Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirishlari sababidandir».
Allohning oyatlariga kufr keltirish–ularni tamoman rad etish yoki ularga amal qilmaslikdir. Ulamolarimiz yahudiylarning Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirishlari sirasiga Allohning diniga daʼvat qiluvchi shaxslarni oʻldirishlarini ham qoʻshganlar. Chunki, bosh- qa oyatda ushbu maʼno bor.
«Bunday boʻlishligi ularning osiy boʻlganlari va haddan oshganliklari sababidandir.»
Allohning amriga isyon qilish va haddan oshib, tajovuzkor boʻlish ham juda yomon sifatlardir. Demak, yahudiylarning doimo Allohning gʻazabiga duchor boʻlib, ularga xorlik va miskinlik bitilishining asosiy sabablari–ular Allohning oyatlarini inkor etishgan yoki ularga amal qilishmagan. Paygʻambarlar va diniy ulamolarni oʻldirishgan, gunohkor boʻlishgan va doim haddan oshishgandir.
Bu oyatlardan koʻzlangan maqsad–ibodatdir. Bir qavmga boʻlgan munosabat boshqasiga ham boʻlishi mumkin. Hozirda oʻzlarini musulmon fahmlab yurgan qavmlarda ham ushbu salbiy sifatlar jamlangan. Ularning boshlariga tushayotgan musiybatlar bejiz emasligini shundan bilib olsak ham boʻladi. Nima uchun musulmon boʻlsak ham, undoq boʻlmayapti-bundoq boʻlmayapti, deyishdan oldin oʻzimizning qanchalik musulmonligimizga bir nazar solmaymiz.
Qurʼoni Karim har bir masalada adolat ila hukm chiqaradi. Kelasi oyat oz boʻlsa-da, ahli kitoblar orasida ham yaxshi odamlar borligini yana bir bor eʼtirof etmoqda: