يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَيَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُسَـٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ مِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohga, oxirat kuniga iymon keltirurlar, amru ma'ruf va nahyu munkar qilurlar va yaxshiliklarga shoshilurlar. Ana o`shalar ahli solihlardandir.Улар Аллоҳга, охират кунига иймон келтирурлар, амру маъруф ва наҳйу мункар қилурлар ва яхшиликларга шошилурлар. Ана ўшалар аҳли солиҳлардандир.Alauddin Mansour: (Oʻsha zotlar) Allohga va Oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshilik qilishga shoshiladilar. Ana oʻshalar solih bandalardandirlar.(Ўша зотлар) Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирадилар, яхши амалларга буюриб, ёмон амаллардан қайтарадилар ва яхшилик қилишга шошиладилар. Ана ўшалар солиҳ бандалардандирлар.
Yaʼni, ular yaxshilik qilsalar, hech qachon zoye ketmaydi.
Ushbu oyatlarda ahli kitoblardan iymonga kelgan moʻminlarning ajoyib sifatlari zikr qilinmoqda. Ular iymonlilar safidan munosib oʻrin olib, iymon taqozosi ila harakat qilib ulkan baxt- saodatga erishdilar.
Kelasi oyat esa, aksincha, kofirlarning holini bayon qiladi.