QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят13

قَدْ كَانَ لَكُمْ ءَايَةٌ فِى فِئَتَيْنِ ٱلْتَقَتَا ۖ فِئَةٌ تُقَـٰتِلُ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَأُخْرَىٰ كَافِرَةٌ يَرَوْنَهُم مِّثْلَيْهِمْ رَأْىَ ٱلْعَيْنِ ۚ وَٱللَّهُ يُؤَيِّدُ بِنَصْرِهِۦ مَن يَشَآءُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِّأُو۟لِى ٱلْأَبْصَـٰرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Sizga to`qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo`lida urishadir. Boshqasi kofirdir. Ular o`z ko`zlari bilan (dushman) o`zlariga ikki barobarligini ko`rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o`shani O`z nusrati ila qo`llaydir. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», deb ayt.«Сизга тўқнашган икки фирқада ибрат бор эди. Бир фирқа Аллоҳнинг йўлида уришадир. Бошқаси кофирдир. Улар ўз кўзлари билан (душман) ўзларига икки баробарлигини кўриб турардилар. Ва Аллоҳ кимни хоҳласа, ўшани Ўз нусрати ила қўллайдир. Албатта, бунда ақл эгалари учун ибрат бордир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey yahudiylar), sizlar uchun biri Alloh yoʻlida jang qilgan, ikkinchisi kofir boʻlgan ikki guruh orasidagi toʻqnashuvda ibratli hodisa boʻlgan edi. Ular (musulmonlar) oʻz koʻzlari bilan (kofirlarning) ikki barobar koʻp ekanini koʻrib turar edilar. Alloh esa Oʻzi istagan kishilarni gʻolib qilish bilan qoʻllab-quvvatlaydi. Albatta, bu voqeada fikr egalari uchun ibrat bordir.(Эй яҳудийлар), сизлар учун бири Аллоҳ йўлида жанг қилган, иккинчиси кофир бўлган икки гуруҳ орасидаги тўқнашувда ибратли ҳодиса бўлган эди. Улар (мусулмонлар) ўз кўзлари билан (кофирларнинг) икки баробар кўп эканини кўриб турар эдилар. Аллоҳ эса Ўзи истаган кишиларни ғолиб қилиш билан қўллаб-қувватлайди. Албатта, бу воқеада фикр эгалари учун ибрат бордир.

51-sahifa · 3-juz · 5-hizb51-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدْbatahqiqбатаҳқиқكَانَbor ediбор эдиلَكُمْsizgaсизгаءَايَةٌۭibratибратفِى-da-даفِئَتَيْنِikki firqadaикки фирқадаٱلْتَقَتَا ۖtoʻqnashganтўқнашганفِئَةٌۭbir firqaбир фирқаتُقَـٰتِلُurishadiуришадиفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَأُخْرَىٰva boshqasiва бошқасиكَافِرَةٌۭkofirdirкофирдирيَرَوْنَهُمularni koʻrardilarуларни кўрардиларمِّثْلَيْهِمْoʻzlariga ikki barobarўзларига икки баробарرَأْىَkoʻrishi bilanкўриши биланٱلْعَيْنِ ۚkoʻzкўзوَٱللَّهُva Allohва АллоҳيُؤَيِّدُqoʻllarқўлларبِنَصْرِهِۦOʻz nusrati ilaЎз нусрати илаمَنkimniкимниيَشَآءُ ۗxohlasaхоҳласаإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَعِبْرَةًۭibrat bordirибрат бордирلِّأُو۟لِىegalari uchunэгалари учунٱلْأَبْصَـٰرِaql (basirat)ақл (басират)
TafsirТафсир

Maʼlumki, Badr urushida mushriklarning soni musulmonlarning adadidan uch barobar koʻp edi. Shunga qaramay, Alloh taoloning nusrati bilan musulmonlar gʻolib keldilar.

Badr urushi tugab, Madiynaga qaytib borgandan keyin Paygʻambar alayhissalom yahudiylarni toʻplab:

«Ey, yahudiylar jamoasi, mening Paygʻambar ekanimni bildingiz, Alloh taolo Qurayshning boshiga solgan musiybatni sizning ham boshingizga solmasdan oldin Islomga kiring!» deb xitob qildilar. Shunda yahudiylar:

«Ey Muhammad, urushni bilmaydigan Qurayshdan bir necha kishini oʻldirganingga magʻrurlanma. Allohga qasamki, agar biz bilan urushsang, qanday erkaklar ekanligimizni bilasan. Sen hali bizga oʻxshaganga uchraganing yoʻq», deyishgan. Shunda Alloh taolo yuqoridagi ikki oyatni nozil qilgan ekan.

«Sizga toʻqnashgan ikki firqada ibrat bor edi.»

Yaʼni, Badrda urushgan ikki guruhdan ibrat olsangiz boʻlardi.

«Bir firqa Allohning yoʻlida urushadir.»

Bular –musulmonlardir.

«Boshqasi kofirdir.»

Bular–Quraysh mushriklari.

«Ular oʻz koʻzlari bilan (dushman) oʻzlariga ikki barobarligini koʻrib turardilar.»

Kofirlarning tushunchasi bilan hukm chiqariladigan boʻlsa, soni koʻp boʻlgan mushriklar albatta gʻolib chiqishlari lozim edi. Ammo, Allohning huzurida bu oʻlchov oʻtmaydi.

«Alloh kimni xohlasa, oʻshani Oʻz nusrati ila qoʻllaydir.»

Oz sonli boʻlsalar ham, Alloh moʻminlarni qoʻllab-quvvatladi. Ular oʻzlariga nisbatan soni uch barobar koʻp boʻlgan Quraysh mushriklari ustidan gʻolib keldilar.

«Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir.»

Agar aql ishlatib, Badr urushidan xulosa chiqarilsa, moddiy quvvat hamma narsani hal qila olmasligi maʼlum boʻladi. Gʻalaba lashkar sonining yoki qurolning koʻpligiga bogʻliq emas, balki Allohning nusrati va qoʻllashiga bogʻliqdir. Musulmonlar ham bu haqiqatni unutmasliklari zarur.

Afsuski, har vaqt ham, har kim ham bu ulkan haqiqatni anglab yetavermaydi. Chunki