زُيِّنَ لِلنَّاسِ حُبُّ ٱلشَّهَوَٰتِ مِنَ ٱلنِّسَآءِ وَٱلْبَنِينَ وَٱلْقَنَـٰطِيرِ ٱلْمُقَنطَرَةِ مِنَ ٱلذَّهَبِ وَٱلْفِضَّةِ وَٱلْخَيْلِ ٱلْمُسَوَّمَةِ وَٱلْأَنْعَـٰمِ وَٱلْحَرْثِ ۗ ذَٰلِكَ مَتَـٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسْنُ ٱلْمَـَٔابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlarga ayollardan, bolalardan, to`p-to`p tillo va kumushdan, go`zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor.Одамларга аёллардан, болалардан, тўп-тўп тилло ва кумушдан, гўзал отлардан, чорвадан, экин-тикиндан иборат шаҳватларнинг муҳаббати зийнатланди. Улар дунё ҳаётининг матоҳидир. Аллоҳнинг ҳузурида эса, ҳуснли қайтар жой бор.Alauddin Mansour: Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumush boyliklar, (qimmat) baholi otlar, chorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohishlarga koʻngil qoʻyish chiroyli qilindi. Holbuki, bu narsalar hayoti dunyoning (oʻtkinchi) narsalaridir. Allohning huzurida esa eng goʻzal qaytadigan joy — jannat bordir. (Yaʼni, oʻtkinchi narsalarga koʻngil bermay, haqiqiy goʻzallikni sevmoq lozim).Одамларга аёллар, болалар, туганмас олтин-кумуш бойликлар, (қиммат) баҳоли отлар, чорва ва экин-тикинлар каби истак-хоҳишларга кўнгил қўйиш чиройли қилинди. Ҳолбуки, бу нарсалар ҳаёти дунёнинг (ўткинчи) нарсаларидир. Аллоҳнинг ҳузурида эса энг гўзал қайтадиган жой — жаннат бордир. (Яъни, ўткинчи нарсаларга кўнгил бермай, ҳақиқий гўзалликни севмоқ лозим).
«Shahvat» soʻzi urfda jinsiy maʼnoda ishlatib kelinadi. Aslida esa, shahvat «ishtaha» soʻzidan olingan boʻlib, koʻngil tusashi, xohlashiga aytiladi. Ushbu oyati karimada odamlarning koʻngliga muhabbati ziynatlangan, ishtahalari doim tortib turadigan narsalar haqida soʻz ketmoqda:
«Odamlarga ayollardan, bolalardan, toʻp-toʻp tillo va kumushdan, goʻzal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi».
Mazkur narsalar roʻyxatining boshida ayollar turibdi. Erkak kishida ayolga boʻlgan xohish, istak boshqa zikr qilingan narsalarga qaraganda koʻproq va kuchliroqdir. U oʻsha boshqa narsalarni ham ayol yoʻlida sarflaydi.
Keyin ayolidan tugʻiladigan bolalar zikr qilinmoqda. Oʻzini bilgan har bir inson uchun farzand jigarband, koʻzining qorachigʻi, dilining porasi hisoblanadi.
Soʻngra, toʻp-toʻp tillo va kumushning zikri kelmoqda. Molu dunyo shahvati ham juda kuchli shahvat. Inson faqat moli boʻlishinigina emas, balki moli toʻp-toʻp boʻlishini xohlaydi. Molini koʻpaytirishning oʻzi katta shahvatdandir. Shuning uchun ham, moli koʻplar molsizlardan koʻra koʻproq boylik toʻplashga urinayotganini koʻramiz. Molga boʻlgan kuchli shahvatning sababi–u boshqa shahvatlarga ham erishtiruvchi vosita ekanligidadir.
Undan keyin goʻzal otlarning zikri kelmoqda. Ot oʻzida muhabbatga sabab boʻluvchi koʻpgina sifatlarni jamlagan hayvondir. Doimo kishilar yaxshi otga ega boʻlishni oʻzlariga obroʻ bilganlar. (Hatto hozirgi texnik zamonda ham milyonlab dollarga savdo boʻlayotgan otlar bor.) Ammo bu yerda umuman ulov maʼnosida ham tushuniladi. Atrofimizga qaraylik, bironta ulovga ega boʻlish maqsadida inson nimalar qilmayotganini koʻramiz.
Shuningdek, odamlarda tuya, sigir, qoʻy kabi chorva hayvonlari va ekin-tikinlarga ham muhabbat kuchli. Ushbu narsalarni oʻziga mulk qilishga doimo harakat qilishadi.
Oyati karimada ushbu narsalarning muhabbati ziynatlandi, deyilmoqda. Demak, bu muhabbat insonning asl tabiatida bor ekan. Bunday holatning boʻlishi tabiiy bir hol ekan. Modomiki, ushbu ragʻbatlar inson tabiatida bor ekan, Allohning Oʻzi insonni shunday yaratgan ekan, bu narsalar inson hayotini muhofaza qilishda, uning goʻzal va zavqli kechishida xizmat qilmogʻi lozim. Shuning uchun, Islom dini mazkur narsalarni harom qilgan emas, balki, muboh qilgan. Bu narsalarni man qilishni emas, tartibga solishni yoʻlga qoʻygan. Islom kishilarni tarbiya qilib, shahvat daryosida halok boʻlmaslikka chaqiradi. Inson mazkur shahvatlarning quli boʻlib qolmasligi kerak. Balki, u ularning xojasi boʻlib, oʻz tasarrufiga olishi darkor.
Yuqorida zikr etilgan narsalar oyati karima tushgan vaqt va muhitning shahvatlaridan namunalar, xolos. Ulardan boshqa yana koʻp narsalar bor. Lekin qancha boʻlsa ham,
«Ular dunyo hayotining matohidir».
Oxiratniki emas, abadiy hayotniki emas, dunyoniki.
«Allohning huzurida esa husnli qaytar joy bor.»
Bu joy–jannati naʼiymdir. Unda kishi nimani ishtaha qilsa, oʻsha muhayyodir.
Shuning uchun, dunyodan oxiratni ustun qoʻyish kerak. Kofirlar esa, dunyo ziynati ortidan tushishadi xolos. Kim dunyo ziynatiga berilgan boʻlsa, uni ogohlantirish lozim. Shuning uchun: