QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят168

ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ لِإِخْوَٰنِهِمْ وَقَعَدُوا۟ لَوْ أَطَاعُونَا مَا قُتِلُوا۟ ۗ قُلْ فَٱدْرَءُوا۟ عَنْ أَنفُسِكُمُ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`z birodarlariga va (urushga chiqmay) o`tirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», – deyishdi. Sen: «Agar gapingiz rost bo`lsa, o`zingizdan o`limni qaytarib ko`ring-chi», deb ayt.Улар ўз биродарларига ва (урушга чиқмай) ўтирганларга: «Агар бизга итоат қилганларида қатл қилинмас эдилар», – дейишди. Сен: «Агар гапингиз рост бўлса, ўзингиздан ўлимни қайтариб кўринг-чи», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), oʻsha oʻzlari oʻtirib olib doʻstlari haqida: «Agar bizning gapimizga kirib (jang qilishdan bosh tortganlarida) oʻldirilmagan boʻlar edilar», deydigan kimsalarga: «Agar aytgan gaplaringiz rost boʻlsa, oʻzlaringdan oʻlimni daf qilinglar-chi», deb ayting!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ўша ўзлари ўтириб олиб дўстлари ҳақида: «Агар бизнинг гапимизга кириб (жанг қилишдан бош тортганларида) ўлдирилмаган бўлар эдилар», дейдиган кимсаларга: «Агар айтган гапларингиз рост бўлса, ўзларингдан ўлимни даф қилинглар-чи», деб айтинг!

72-sahifa · 4-juz · 7-hizb72-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَular shundaylarkiулар шундайларкиقَالُوا۟dedilarдедиларلِإِخْوَٰنِهِمْoʻz birodarlarigaўз биродарларигаوَقَعَدُوا۟va oʻzlari oʻtirdilarва ўзлари ўтирдиларلَوْagarагарأَطَاعُونَاbizga itoat qilganlaridaбизга итоат қилганларидаمَاemasэмасقُتِلُوا۟ ۗqatl qilinar edilarқатл қилинар эдиларقُلْsen aytсен айтفَٱدْرَءُوا۟bas, qaytarib koʻringбас, қайтариб кўрингعَنْ-dan-данأَنفُسِكُمُoʻzingizўзингизٱلْمَوْتَoʻlimniўлимниإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Munofiqlar urushga bormay qolib, musulmonlar kuchiga qattiq zarba berganlari yetmaganday, endi fitna-fasod ham yoya boshladilar. Aslini olganda, ular Islom askariga ulkan zarba bergan edilar. Hamma bir tan-bir jon boʻlib, shijoat bilan dushman qarshisiga chiqib borayotgan bir paytda, birdan uch yuz chamasi askarning ortga qaytib qolishi boshqalarning ham damini kesdi, qalblariga gʻulgʻula soldi. Ayniqsa, Abdulloh ibn Ubay obroʻli odam edi. Oʻz qavmining raisi edi. Hali bu oyatlar tushmagan, uning munofiqligi hech kimga oshkor boʻlmagan edi. Bu omillarning hammasi musulmon kuchlarining zaiflashishiga sabab boʻldi. Munofiqlar esa, bu xiyonat bilan kifoyalanib qolmay, keyin ham fitnalarini davom ettirdilar. Urushga borib jang qilganlarni malomat qilishga oʻtdilar:

«Ular oʻz birodarlariga va (urushga chiqmay) oʻtirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar»,–deyishdi».

Yaʼni, munofiqlar boshqa munofiq birodarlariga va urushga chiqmay uyda oʻtirganlarga oʻzlarini haq koʻrsatib, aybni jang qilganlarga agʻdara boshladilar. Ularning fikricha, Paygʻambar alayhissalomning amrlariga itoat qilganlari xatolik boʻlgan. Agar munofiqlarga itoat qilganlarida toʻgʻri boʻlar emish. Bu daʼvo tagida hamma narsa Allohning irodasi bilan boʻlishini inkor etish yotadi. Ular ajal haq ekanini ham inkor qilayotgan edilar. Shu boisdan ham, Alloh taolo kelasi jumla ila Paygʻambar alayhissalomga nima deyish lozimligini oʻrgatmoqda:

«Agar gapingiz rost boʻlsa, oʻzingizdan oʻlimni qaytarib koʻring-chi», deb ayt».

Agar siz juda dono va tadbirkor boʻlsangiz, oʻzingizdan oʻlimni qaytarib, oʻlmay qoling-chi?! Ajal kelganda, qachon boʻlsa ham, qayerda boʻlsa ham, olib ketadi. Jangda qatnashgan ham oʻladi, qatnashmagan ham. Moʻmin ham oʻladi, kofiru munofiq ham. Sogʻ ham, kasal ham bir kuni oʻladi. Oʻlmaydigan kim bor? Binobarin, bekorga fitna tarqatib ovora boʻlmanglar!

Kelasi oyatlarda Alloh taolo moʻmin bandalarining koʻnglini koʻtaradi, kofir va munofiqlarning igʻvolari taʼsiridan asrab, shahidlar va tirik qolganlar oʻz huzurida katta maqom-martabalarga erishishlarini aytib oʻtadi.