QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят173

ٱلَّذِينَ قَالَ لَهُمُ ٱلنَّاسُ إِنَّ ٱلنَّاسَ قَدْ جَمَعُوا۟ لَكُمْ فَٱخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَـٰنًا وَقَالُوا۟ حَسْبُنَا ٱللَّهُ وَنِعْمَ ٱلْوَكِيلُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch to`pladilar, ulardan qo`rqinglar», deganda, iymonlari ziyoda bo`ldi va: «Bizga Allohning O`zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», – dedilar.Уларга кишилар: «Албатта, одамлар сизга қарши куч тўпладилар, улардан қўрқинглар», деганда, иймонлари зиёда бўлди ва: «Бизга Аллоҳнинг Ўзи етарли ва У қандай ҳам яхши вакил», – дедилар.Alauddin Mansour: Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) toʻplagan; bas, ulardan qoʻrqingiz!», deganlarida bu gap ularning iymonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolgʻiz Allohning Oʻzi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!», dedilar.Ундай зотларга айрим кимсалар: «Қурайш одамлари сизларга қарши (саноқсиз лашкар) тўплаган; бас, улардан қўрқингиз!», деганларида бу гап уларнинг иймонларини зиёда қилди ва: «Бизга ёлғиз Аллоҳнинг Ўзи кифоя. У зот энг яхши ишончли вакилдир!», дедилар.

72-sahifa · 4-juz · 8-hizb72-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَular shundaylarkiулар шундайларкиقَالَdediдедиلَهُمُulargaуларгаٱلنَّاسُkishilarкишиларإِنَّalbattaалбаттаٱلنَّاسَodamlarодамларقَدْbatahqiqбатаҳқиқجَمَعُوا۟kuch toʻpladilarкуч тўпладиларلَكُمْsizga qarshiсизга қаршиفَٱخْشَوْهُمْbas, ulardan qoʻrqinglarбас, улардан қўрқингларفَزَادَهُمْbas, ularga ziyoda qildiбас, уларга зиёда қилдиإِيمَـٰنًۭاiymonniиймонниوَقَالُوا۟va dedilarва дедиларحَسْبُنَاbizga yetarliбизга етарлиٱللَّهُAllohАллоҳوَنِعْمَva qanday ham yaxshiва қандай ҳам яхшиٱلْوَكِيلُvakilвакил
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha moʻminlarga baʼzi kishilar kelib, qurayshliklarning ularga qarshi koʻp kuch toʻplaganlarini aytib, ulardan qoʻrqinglar, deganida, moʻminlar qoʻrqish oʻrniga, iymonlari ziyoda boʻldi. Shu bilan birga,

«Bizga Allohning Oʻzi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil»,– dedilar».

Ushbu oyatdagi: «Hasbuna Allohu va neʼmal vakiyl» jumlasini har bir inson boshiga ogʻir holat kelganda aytishi tavsiya qilinadi.

Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki:

«Hasbuna Allohu va neʼmal vakiyl»ni Ibrohim alahissalom oʻtga tashlanganda aytganlar, Muhammad alayhissalom: «Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch toʻpladilar, ulardan qoʻrqinglar», deganda, iymonlari ziyoda boʻldi va: «Bizga Allohning oʻzi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», dedilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oʻz sahobalaridan biriga:

«Boshingga ogʻir ish tushganda, «Hasbiyallohu va neʼmal vakiyl» degin», deganlar.

Endi, Allohga tavakkal qilish va oʻzini ixlos ila tutishning natijasi zikr etiladi: