QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят175

إِنَّمَا ذَٰلِكُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ يُخَوِّفُ أَوْلِيَآءَهُۥ فَلَا تَخَافُوهُمْ وَخَافُونِ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bunday bo`lishingiz shaytondandir, u o`z yaqinlaridan qo`rqitur. Bas, agar mo`min bo`lsangiz, ulardan qo`rqmanglar, mendan qo`rqinglar.Албатта, бундай бўлишингиз шайтондандир, у ўз яқинларидан қўрқитур. Бас, агар мўмин бўлсангиз, улардан қўрқманглар, мендан қўрқинглар.Alauddin Mansour: Albatta, oʻsha (sizlarni vasvasaga solmoqchi boʻlgan) shaytonning oʻzidir. U sizlarni oʻzining doʻstlaridan (kofirlardan) qoʻrqitmoqchi boʻladi. Bas, agar moʻmin boʻlsangizlar, ulardan qoʻrqmangiz, Mendan qoʻrqingiz!Албатта, ўша (сизларни васвасага солмоқчи бўлган) шайтоннинг ўзидир. У сизларни ўзининг дўстларидан (кофирлардан) қўрқитмоқчи бўлади. Бас, агар мўмин бўлсангизлар, улардан қўрқмангиз, Мендан қўрқингиз!

73-sahifa · 4-juz · 8-hizb73-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатذَٰلِكُمُbunday boʻlishingizбундай бўлишингизٱلشَّيْطَـٰنُshaytondandirшайтондандирيُخَوِّفُqoʻrqitadiқўрқитадиأَوْلِيَآءَهُۥoʻz yaqinlaridanўз яқинлариданفَلَاbas, emasбас, эмасتَخَافُوهُمْulardan qoʻrqmanglarулардан қўрқмангларوَخَافُونِva mendan qoʻrqinglarва мендан қўрқингларإِنagarагарكُنتُمboʻlsangizбўлсангизمُّؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Yaʼni, odamlar sizga qarshi kuch toʻpladilar, ulardan qoʻrqinglar, degan xabardan qoʻrqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni oʻz yaqinlaridan qoʻrqitadi. Shayton oʻziga ergashganlar sizning koʻzingizga kuchli boʻlib koʻrinishini istaydi. Xuddi ulardan foyda yoki zarar yetadigandek, ulardan qoʻrqishingizni xohlaydi. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, ulardan qoʻrqmanglar, ularning qoʻlidan hech narsa kelmaydi. Ular foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydilar. Mendan qoʻrqinglar, deydi Alloh taolo. Chunki haqiqiy foyda va zarar yetkazuvchi faqat Oʻzidir.

Keyin Paygʻambar alayhissolatu vassalomga xitob qilib, kofirlarning oʻzlarini tutishidan xafa boʻlmaslikka, koʻngillarini choʻktirmaslikka daʼvat qiladi: