QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят176

وَلَا يَحْزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَـٰرِعُونَ فِى ٱلْكُفْرِ ۚ إِنَّهُمْ لَن يَضُرُّوا۟ ٱللَّهَ شَيْـًٔا ۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ أَلَّا يَجْعَلَ لَهُمْ حَظًّا فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufrga oshiqayotganlar seni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir.Куфрга ошиқаётганлар сени хафа қилмасин. Албатта, улар ҳаргиз Аллоҳга бирор зарар етказа олмаслар. Аллоҳ уларга охиратда насиба қилмасликни хоҳлайдир. Уларга улкан азоб бордир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), kufr-dinsizlikka shoshayotgan kimsalar Sizni gʻamgin qilmasin! Albatta, ular Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. (Faqat) Alloh ular uchun Oxiratda biron nasiba boʻlmasligini istaydi. Ular uchun ulugʻ azob bor (xolos).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), куфр-динсизликка шошаётган кимсалар Сизни ғамгин қилмасин! Албатта, улар Аллоҳга ҳеч қандай зарар етказа олмайдилар. (Фақат) Аллоҳ улар учун Охиратда бирон насиба бўлмаслигини истайди. Улар учун улуғ азоб бор (холос).

73-sahifa · 4-juz · 8-hizb73-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасيَحْزُنكَseni xafa qilsinсени хафа қилсинٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиيُسَـٰرِعُونَoshiqayotganlarошиқаётганларفِىichigaичигаٱلْكُفْرِ ۚkufrкуфрإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَنhargiz emasҳаргиз эмасيَضُرُّوا۟zarar yetkaza olurlarзарар етказа олурларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаشَيْـًۭٔا ۗbiror narsaбирор нарсаيُرِيدُxohlaydirхоҳлайдирٱللَّهُAllohАллоҳأَلَّاemasэмасيَجْعَلَqilishniқилишниلَهُمْulargaуларгаحَظًّۭاnasibaнасибаفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِ ۖoxiratохиратوَلَهُمْva ulargaва уларгаعَذَابٌazob bordirазоб бордирعَظِيمٌulkanулкан
TafsirТафсир

Insonning ishi qiziq: koʻra-bila turib yaxshini qoʻyib yomonga intiladi, iymonni tark etib kufrga oshiqadi. Kofirlarning kufrga oshiqayotganini koʻrgan har bir moʻminning qalbi hasratga toʻladi. Kishilarning oʻzlarini halokatga urayotganlarini koʻrib, xafa boʻladi. Kofirlarning yomonliklarini, musulmonlarga berayotgan azoblarini koʻrib, Paygʻambar alayhissalomning qalblari ham qattiq iztirobga tushar edi. Shuning uchun ham, Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomga va u kishi orqali barcha moʻminlarga taskin berib:

«Kufrga oshiqayotganlar seni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar», demoqda.

Alloh taolo kofirlarning Islomga va musulmonlarga qarshi olib borayotgan ishlarini oʻziga qarshi olib borilayotgan ish, deb baholamoqda. Bechora, ojiz banda boʻlmish kofirlar har qancha urinmasinlar, Alloh taologa hech bir zarar yetkaza olmaydilar. Ular Allohning diniga qanchalik qarshilik qilmasinlar, musulmonlarga zarar yetkazishga qanchalik urinmasinlar, baribir, qoʻllaridan hech bir ish kelmaydi.

Undoq boʻlsa, nima uchun Alloh ularni tek qoʻyib qoʻymoqda? Nima uchun ular xohlaganlarini qilishmoqda? Hatto baʼzan gʻolib kelib, qoʻllari baland ham boʻlmoqda?! Buning hikmati shulki:

«Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir».

Barcha nasibalarini shu dunyoda olib qolishlarini xohlaydi. Barcha rizqlarini besh kunlik dunyoda tugatib, barcha azob-uqubatlarga haqdor boʻlishlarini xohlaydi. Zero, oxiratda

«Ularga ulkan azob bordir».

Bu dunyoda, eng asosiysi, u dunyoda, albatta, ulkan azobga duchor boʻladilar. Shuning uchun ham, kofir va munofiqlarning kufrga oshiqayotganlaridan Paygʻambar alayhissalom va moʻminlarning xotirlari parishon boʻlmasin, xafa boʻlmasdan, qalblari tinch boʻlaversin.