QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят177

إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُا۟ ٱلْكُفْرَ بِٱلْإِيمَـٰنِ لَن يَضُرُّوا۟ ٱللَّهَ شَيْـًٔا وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar yetkaza olmaslar. Ularga alamli azob bordir.Албатта, куфрни иймонга сотиб олганлар Аллоҳга ҳаргиз бирор зарар етказа олмаслар. Уларга аламли азоб бордир.Alauddin Mansour: Albatta, kufrni iymonga almashtiradigan kimsalar Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Ular uchun alamli azob bordir.Албатта, куфрни иймонга алмаштирадиган кимсалар Аллоҳга ҳеч қандай зарар етказа олмайдилар. Улар учун аламли азоб бордир.

73-sahifa · 4-juz · 8-hizb73-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиٱشْتَرَوُا۟sotib oldilarсотиб олдиларٱلْكُفْرَkufrniкуфрниبِٱلْإِيمَـٰنِiymon evazigaиймон эвазигаلَنhargiz emasҳаргиз эмасيَضُرُّوا۟zarar yetkaza olurlarзарар етказа олурларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаشَيْـًۭٔاbiror narsaбирор нарсаوَلَهُمْva ulargaва уларгаعَذَابٌazob bordirазоб бордирأَلِيمٌۭalamliаламли
TafsirТафсир

Mazkur kofir va munofiqlar iymonga juda ham yaqin edilar. Iymonga chorlovchi dalil va hujjatlar har qadamlarida uchrab turgan edi. Lekin ular iymonni sotib, kufrni oldilar. Bilib turib, shunday qildilar. Shuning uchun ham, Alloh ularni oʻz hollariga qoʻyib berdi. Bu dunyoda nima nasibalari boʻlsa, olib qolsin, oxiratga hech qanday nasibalari qolmasin, deb iroda qildi. Lekin ular qancha urinmasinlar, Allohga va Uning diniga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Oxiratda esa:

«Ularga alamli azob bordir».

Ular bu dunyoda moʻminlarga azob berishlari, alam yetkazishlari mumkin. Lekin u dunyoda oʻzlariga beqiyos alamli azoblar boʻlishi aniqdir.